Breaking News

Obama: AQSh xavfsizlik tizimidagi "sistematik" xatolarni tuzatadi


Yaman Tashqi ishlar vazirligi yaqinda AQShda samolyotni portlatishga uringan shaxs bu mamlakatda bir necha bor bo’lganini tasdiqlamoqda.

23 yoshli Umar Farux Abdul Mutallab avgustdan dekabrgacha Yamanda arab tilini o’rganish kurslariga qatnagani aytilsada, uning o’zi al-Qoida qo’lida tayyorgarlikdan o’tganini tan olgan.

Arab dunyosining eng qashshoq o’lkalaridan biri, qurg’oqchilik va ijtimoiy muammolar iskanjasida yashovchi Yaman, ekspertlar fikriga ko’ra, al-Qoida uchun jannatning o’zi.

Yaman Axborot vaziri Hasan al-Lozining aytishicha, Nigeriya fuqarosi Abdul Mutallab bu yerga 2004-2005 yillarda ham talaba bo’lib kelgan. “So’nggi bor pasportida bir necha davlatning, jumladan AQSh vizasi ham bor edi”, - deydi vazir.

Hozir AQShda tergov qilinayotgan bu shaxs 25 dekabr- Rojdestvo bayrami kuni kuni Yevropadan AQShga kelayotgan samolyotda portlovchi moslamani ishga solishga uringan, biroq uddasidan chiqmagan.

“Bin Ladenlar oilasining vatani Yaman anchadan beri AQShning diqqat markazida”, - deydi tahlilchi Richard Fonteyn. “Al-Qoida bu yerda 2000 yilda AQSh kemasini portlatib, 17 harbiyni o’ldirgan. Yaman terrorchilikka qarshi kurashda Vashington bilan hamkorlik qilib keladi”.

Bu safar AQShga qarshi rejalangan xurujni “arab yarimorolida al-Qoida” nomli guruh bo’yniga olmoqda.

Prezident Barak Obamaning ta’kidlashicha, AQSh xavfsizlik tizimidagi “sistematik xatolar” fojiaga yetaklashi mumkin edi. Ayblanuvchining otasi o’g’lining hatti-harakatlari haqida Amerika elchixonasini vaqtida xabardor qilgan, biroq xavfsizlik idoralari ma’lumotni ulashmagan.

Ayni paytda AQSh aeroportlaridagi mavjud qonun-qoidalar, yo’lovchilarni tekshirish va mamlakatga kirish-chiqish tartibi qayta ko’rib chiqilmoqda.

XS
SM
MD
LG