Breaking News

Achin, Afg'oniston: Daish Xurosondan keyingi hayot


Achin tumani bolalari
Achin tumani bolalari

Daish Xuroson – Afg’onistonda “Islomiy davlat” o’zini shu nom ostida targ’ib qiladi. AQSh maxsus kuchlari guruh bilan ikki yildan beri urushda. Amaliyotlar boshlangan paytda “Amerika Ovozi” Nangarhor viloyatining Achin tumaniga borib, vaziyat bilan tanishgan edi. Shafqatsiz hujumlar va qonxo’rlikdan aziyat chekkan aholi bilan muloqot qilgan edik. O’tgan ikki yil ichida nima o’zgardi? Afg’on qurolli kuchlari AQSh va NATO bilan hamkorlikda terrorchilarga qarshi shiddatli kurash ketayotganini aytadi.

Daish Xurosondan qolgan vayrona
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

Bolalar mahallada begona odam yurganini darrov ilg’aydi. Bir yil oldin ular ajnabiylarning oldiga yugurib bormagan bo’lar edi.

“Hududimiz “Islomiy davlat” tomonidan bosib olinganidan keyin zulmatda yashadik. Uy-joyimizni tashlab qochdik. Mana yaqinda qaytib, hayotimizni tiklayapmiz”, - deydi mahalliy fuqarolardan biri.

Afg’onistonning sharqiy qismi terrochilar qo’lida bo’lgan paytda aynan bu tuman, Achin, doimiy dahshatda yashadi. “Islomiy davlat” shu yerda kuch to’pladi. Afg’on armiyasi yaqinlasha olmas edi.

Hukumat kuchlari aholini terrorchilardan himoya qilish uchun yetib kelgunicha uzoq vaqt o’tdi. Odamlar qirildi, qolganlar azoblandi. Terrochilar hatto o’zi bosib olgan hududni chegaralab qo’ygan edi. U yerdan hech kim chiqa olmas, harakat qila olmas edi.

Daish Xurosondan keyingi hayot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Hozir esa hudud erkin, ochiq. Hayot normallashgan. Lekin tuman vayrona. Urushdan qolgan manzara.

NATO bombalari tushgan imoratlar. Mahalliy bozor kichik. Ikki do’kon ochiq xolos.

Lekin tirikchilik qilishayapti. Ayollar ko’chaga bemalol chiqa oladi. “Islomiy davlat” davrida xuddi toliblar singari ular ham xotin-qizlarni tashqariga qo’ymas edi.

“Sog’liqni saqlash tizimini tiklash kerak. Ta’lim maskanlarini qayta ochish kerak. Eng dolzarb masalalar shu. Hamma narsani qayta qurish kerak. Madadga muhtojmiz”, - deydi yana bir fuqaro.

Xuddi urush paytidagidek, osmonda qiruvchi samolyotlarni ko’rasiz. Ularning ovoziga mahalliy aholi o’rganib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG