2004-yilda Tolibon ag’darilganidan buyon atigi to’rt afg’on ayoli Afg’oniston nomidan olimpiadalarga chiqqan. 22 yoshli bokschi vaziyatni o’zgartirmoqchi. U erkaklar hukmron jamiyatda ayollarning o’rnini oshirishni istaydi. Atrofiga xotin-qizlarni yig’ib sport bilan shug’ullanishga, kurashga undamoqda.
Nafisa Muhammadiy 22 yoshda. U maktabni tamomlagandan beri Kobulda kikboksingdan murabbiylik qiladi.
“Ikki yildan beri trenerman. Ikkita klubim bor. Har birida 20-25 nafar qizlar shug’ullanadi”, - deydi Nafisa Muhammadiy.
Biroq afg’on ayoli uchun kikboksing bilan shug’ullanish oson emas.
“Qo’limdan kelgancha boshqalarga yordam berishga qaror qildim. Qizlar o’zi istagan sport bilan shug’ullansin. Bu Afg’onistondagi qizlarning tayanch huquqi bo’lishi kerak”,- deydi Nafisa Muhammmadiy.
Nafisa kikboksingdan oldin kung-fu va boshqa jang san’atlarini o’rgangan. 10 ta medali bor. U jahon maydonida kuchini sinamoqchi.
“Xalqaro musobaqalarga borib qatnashish uchun imkonim bo’lgan, biroq pulim, qo’llab yuboradigan odamim bo’lmagan. Lekin baribir bormoqchiman”, - deydi sportchi.
Nafisa yashayotgan jamiyatda erkaklar hukmronligi tufayli yuzlashayotgan mashaqqatlarni tushunadi. Shunday bo’lsa-da, qizlar ham sport musobaqalarida qatnashish huquqiga erishadi, deya ishonadi.
Ayni damda u o’zining klublarini Afg’oniston bo’ylab kengaytirish, ayollarning sport bilan shug’ullanishini qo’llab-quvvatlashni rejalayapti.
Facebook Forum