Sovet qo’shinlarining Afg’onistondan chiqqaniga 25 yil to’ldi. Joriy yil oxirigacha AQSh harbiylari ham mamlakatni tark etishi kutilmoqda. Sovet askarlari Afg’onistonni 10 yil istilo qilgan bo’lsa, Amerika armiyasi bu yurtda undan uch yil ko’p jang qildi. Sovet tajribasi AQSh qo’shinlari uchun saboq bo’la oladimi?
Afg’oniston urushi AQSh tarixidagi eng davomiy mojaro bo’ldi. Zobitlar afg’on tuprog’ini bo’shatish taraddudida ekan, ayrimlar nazarida hali tinchlik qaror topmagan mamlakat sovet qo’shinlari uni 25 yil oldin tark etganidan keyingi ahvolga qaytish xavfi bilan yuzlashmoqda.
Vashingtondagi Brukings tahlil instituti xodimi Maykl Oxanlonning aytishicha, ikki voqea o’rtasida bog’liqlik yo’q.
“Urushni boshlash sabablari va mojaro qanday kechgani har ikki joyda har xil bo’lgan. Qo’shma Shtatlar xalqaro koalitsiyaning bir qismi sifatida harakatlanmoqda va qo’shinlarini Afg’onistondan so’nggi besh yildan beri asta-sekin chiqarmoqda. Sovetlar esa bir zumda mag’lub bo’lganini tan olib, chiqib ketishdi”, - deydi ekspert.
Sovet qo’shinlari 1989-yilda Afg’onistonni tark etganidan so’ng mamlakat fuqarolik urushiga cho’mdi. Bugun vaziyat ancha yaxshi, deydi vashingtonlik yana bir tahlilchi Ahmad Majidyor.
“Afg’onistonda tarixda ilk bor saylangan hukumat ishlayapti. Sovet paytida esa afg’on rahbarlari Kreml tomonidan tayinlanar edi. Yana bir farq shuki, jangarilar hozir 1980-yillardagi mujohidlar kabi qudratli emas. Tolibon safida 20-25 ming jangchi bordir, ammo mujohidlar soni yuz mingdan oshar edi”, - deydi u.
Sovetlar Afg’onistondan chiqqandan so’ng butun dunyo muhim saboq oldi, deydi tahlilchi Oxanlon.
“AQSh olgan saboq shu bo’ldiki, Afg’onistonni inkor etish yoki o’z holiga tashlab qo’yish mumkin emas. Bu (2001-yil) 11-sentabr xurujlaridan so’ng ayon bo’ldi. Sovetlar mag’lub bo’lgandan keyin Amerika 1990-yillarda Afg’onistonni unutib qo’ydi. Natijada mamlakat fuqarolik urushiga cho’mdi, anarxiya hukm surdi, so’ng Tolibon hokimiyatga kelib, terrorchilarni panohiga oldi”, - deydi Oxanlon.
Majidyoring aytishicha, xalqaro hamjamiyat Afg’oniston hukumatiga yordam berishda davom etishini aytgan bo’lsa-da, afg’on xalqi birlashib, hozirgi siyosiy tuzumni saqlab qolishga harakat qilishi kerak.
“Tolibonda Kobulni qayta ishg’ol qilish yoki hokimiyatini tiklash uchun kuch-qudrat yo’q. NATO qo’shinlari Afg’onistondan chiqqanidan so’ng eng katta xavfni toliblar hujumidan kutmaslik kerak. Mahalliy boshqaruv institutlarining saqlanishi tahdid ostida”, - deydi tahlilchi.
Ayrim ekspertlar Sovet Ittifoqi va AQSh qo’shinlarining Afg’onistonni tark etishida o’xshashlik yo’q desa-da, bu mamlakatni yana terrorchilar iniga aylantirmaslik ahamiyati haqida barchasi hamfikr.