Breaking News

AQShning Afg'onistondagi kelajak vazifalari ko'rib chiqilmoqda


AQShning Afg'onistondagi kuchlari, Kobul, 11-sentabr, 2012-yil.
AQShning Afg'onistondagi kuchlari, Kobul, 11-sentabr, 2012-yil.
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panettaning aytishicha, Pentagon va Oq uy 2014-yilda xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etganidan so’ng Amerikaning bu mamlakatda harbiy vazifalari ko’lami qanday bo’lishi xususida gaplashmoqda.

AQShning Afg’onistondagi kuchlari qo’mondoni general Jon Allen mahalliy xavfsizlik kuchlari malakasini oshirish va aksil-terror amaliyotlarda ularga yordam berish dasturini ishlab chiqqan.

"Oq uy va Pentagon Allen rejasini ko’rib chiqyapti. Kelasi bir necha haftada uni maromiga yetkazamiz va Afg’onistonda qancha qo’shin qoldirish kerakligi haqida aniq tasavvurga ega bo’lamiz", - deydi mudofaa vaziri Panetta.

AQSh va Afg’oniston may oyida strategik hamkorlikka doir bitim imzolagan. Hujjatda 2014-yildan so’ng Afg’onistonda qoladigan AQSh kuchlari soni ko’rsatilmagan, ammo bu mamlakatga kelasi 10 yil davomida yordam va’da qilingan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG