Breaking News

O’zbekistonda baza ochilsa, bu Rossiyaning qaysi manfaatlariga zid?


AQSh O’zbekistondan harbiy qo'nalg'a topadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:20 0:00

Afg’onistondan qo’shinlarini chiqarayotgan AQSh Markaziy Osiyodan vaqtinchalik harbiy qo’nalg’a qidirayotganiga doir xabarlar muhokamaga chiqqan.

Bunga sabab xalqaro matbuotda AQSh Afg’onistonga favqulodda harbiy ko’mak ko’rsatish uchun mamlakatga yaqin biror hududdan harbiy bazaga muhtojligi, shu maqsadda mintaqani ayrim davlatlari bilan muzokara yuritayotganiga doir maqolalar bo’ldi.

G’arbdagi qator nufuzli nashrlarga tayanilsa, AQSh rasmiylari Markaziy Osiyo hukumatlari bilan bu borada muloqotda.

Gap asosan Afg’onistonga bevosita qo’shni bo’lgan Tojikiston va O’zbekiston haqida ketmoqda.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning yaqinda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) prezidentlarining yagona vakili sifatida Moskvadagi paradda qatnashgani inobatga olinsa, Dushanbe AQSh harbiylarining mamlakatda joylashishiga rozilik berishi ehtimoli uzoqdek.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirini Buxoroda qabul qilgan O’zbekiston tomoni ham xorij harbiy bazalarini mamlakatda joylashishi taqiqlanganiga doir bayonot bilan chiqqan edi. Bu bayonot Sergey Shoyguning tashrifi, Rossiya bilan harbiy strategik dastur imzolanishi munosabati bilan tarqatilishiga qaramasdan, xorijiy harbiy bazalarga joy berilmaslikka doir ishora aniqdek.

Bundan qat’i nazar xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etishi ortidan mamlakatda yana fuqarolik urushi avj olishiga doir xavotirlar kuchli. Bu Afg’onistonga favqulodda ko’mak beruvchi kuchlarning regionda bo’lishidan Markaziy Osiyo davlatlarini, hatto Rossiyani ham manfaatdor qilishi ta’kidlanmoqda.

Shunday ekan, AQSh harbiy bazasining mintaqada, xususan, O’zbekistonda joylashishi ehtimoli qanchalik real? “Amerika Ovozi” mavzuni siyosatshunos Farhod Tolipov bilan muhokama qildi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG