2017-yil Afg’oniston va O’zbekiston aloqalarida yangi sahifa ochilmoqda.
Afg’onistonning tijorat, transport, jamoat sog’ligi va omma manfaatlari bo’yicha vazirlari qo’shma matbuot anjumani o’tkazib, O’zbekiston bilan hamkorlik va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Prezident G’anining maslahatchisi Humoyun Qayumiy so’zlariga ko’ra, O’zbekiston tomoni energetika, qishloq xo’jaligi, yo'l, temir yo’l qurish va o’zaro mushtarak kompaniyalar yaratish bo’yicha hamkorlik qilishga tayyor.
“O’zbekiston imkoniyatlarga boy mamlakat. Ashyolarnieksport va import qilish uchun munosib qo’shni”, - deydi prezident maslahatchisi Humoyun Qayumiy.
Afg’oniston Tijorat vazirining ma’lum qilishicha, ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi 300 million dollardan oshgan.
“Agar biz ashyolarni Pokiston orqali olib kelmoqchi bo’lsak, 90 kun kutish kerak. Agar O’zbekiston yo’li bilan olib keladigan bo’lsak, faqat 9 kunda muvaffaq bo’lamiz. Shuning o’zi tovarlarni eksport va import qilish ishini ancha osonlashtiradi”,- deydi Tijorat vaziri Humoyun Raso.
Vazirning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda O’zbekiston va Afg’oniston davlatlari o’rtasida yangi savdo aloqalari bo’yicha kelishuvga erishiladi. Bu bitim nodavlat tijoriy kompaniyalar, shirkatlar muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Omma manfaatlari bo’yicha vazirlikning bildirishicha, bundan keyin O’zbekiston shirkatlari Afg’onistondagi qayta qurish ishlarida qatnashadi. Ayni holda O’zbekistondan qurilish ishlari bo’yicha materiallar ham olib kelinadi.
“Biz O’zbekistonlik kompaniyalardan yo’llarni qurish, temir yo’llar ishlari, turli sohalarga investitsiya qilishlarini so’radik”,- deydi hukumatning omma manfaatlari bo’yicha vaziri Mahmud Baliyg’.
Afg’on-o’zbek mushtarak transport shirkatlari olichilishi ham nazarda tutilganligi aytilmoqda.
Transport vaziri Muhammadulla Batosh O’zbekiston kompaniyalari bu sohada ham mushtarak ishlash bo’yicha tayyor ekanini bildirganini ma’lum qiladi.
O’zbekistonda ishlab chiqilgan dorining sifati ancha yuqori ekani sababli, hukumat shifoxonalariga kerakli dori-darmonlar import qilinishi xususida ham qaror qabul qilingan.
Omma sog’ligi vaziri Feruziddin Feruz shunday deydi:
“O’zbekistonda ishlab chiqarilgan dorilar boshqa mamlakatlarnikidan ancha sifatli, biz bu yili kerakli dorilarning ko’p qismini O’zbekistondan sotib olmoqchimiz”.
Vazirning aytishicha, Afg’oniston O’zbekistondan 60 ta tez yordam mashinalari sotib oladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2016-yili Afg’onistonning O’zbekiston bilan iqtisodiy hamkorligi 12 foiz oshgan.
So’nggi bir necha yil mobaynida ikki o’lka o’rtasidagi aloqalar ancha kuchaymoqda. Iqtisodiy-tijoriy, xavfsizlik va turli sohalar bo’yicha bitimlar imzolangan.
Afg’on ekspertlari nazarida qo’shnilar bilan hamkorlik qancha kengaysa, bundan millatlar shuncha manfaatdor bo’ladi.