Breaking News

Afg'on mojarolarida halok bo'lganlar xotirasiga ko'rgazma


Afg'on mojarolarida halok bo'lganlarni xotirlab...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

Afg'on mojarolarida halok bo'lganlarni xotirlab...

Afg’onistonda bir necha o’n yillardan beri davom etayotgan mojarolarda minglab tinch aholi nobud bo’lgan. Mozori Sharif shahrida urush qurbonlarini xotirlovchi ko’rgazma ochildi.

Mozori Sharifda Afg’onistondagi urushlarda halok bo’lganlar xotirasiga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi. Unda qurbonlarning suratlari, joy namozi, tasbehi, kiyimlari, umuman kunda ishlatib yurgan buyumlarini ko’rish mumkin.

Yaqinlarini yo’qotgan kunni eslab xotirlashga kelganlarning dili vayron.

“1978-yillarda kommunistik partiya hukmron paytda mahalliy imomlarni maktab-madrasalardan olib ketishardi. Insoniylikka aslo to’g’ri kelmaydigan joylarga olib borib, vahshiylarcha o’ldirishgan”, - deydi Husayn Tavassuli.

“Uch-to’rt mingga yaqin dushman jangchilari qishlog’imizga kechasi o’nlarda bostirib kirishdan. Hukumat askarlari jon-jahdi bilan kurashgan, lekin dushman ko’p edi. Qocholgan omon qolgan, qolganlar qirilib ketdi”, - deydi Said Muhammad.

Jamilaning akasi Tolibon va afg’on armiyasi to’qnashuvida halok bo’lgan.

“Akamdan 11 farzand qolgan. Olti qiz, besh o’g’il. Akam ishlardi, dehqonchilik qilardi. Tolibon bilan urush umriga zomin bo’ldi”, - deydi u.

Ko’rgazma tashkilotchilariga ko’ra, tinch aholi hayoti va huquqlari afg’on hukumati uchun ustuvor bo’lishi shart.

“Hozirgi hukumat va saylovdan keyin keladigan hukumat adolatli siyosat olib boradi deb umid qilamiz. Adolat va inson huquqlari ta’minlanmagan jamiyat barqarorlik va tinchlikka erisholmaydi”, - deydi Afg’oniston Inson huquqlari va demokratiya institutidan Husayn Saramad.

AQShdagi Braun universitetining “Urush talofatlari” deb nomlagan tadqiqotiga ko’ra, 2001-2016-yillar orasida Afg’onistonning 140 mingga yaqin tinch aholisi nobud bo’lgan. Mojarolarda yarador bo’lganlar yoki halok bo’lgan hukumat askarlari hisoblanmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG