Breaking News

Afg'on ayollari "Islomiy davlat"ga qarshi kurashmoqda


Afg’oniston shimolidagi Juzjon viloyatida bir guruh o’zbek xotin-qizlar qurol ko’tarib, toliblar va DAISh guruhiga qarshi janglarda qatnashmoqda. Soni 100 nafardan ortiq bu ayollar Darzob tumanidan. Uylarini majburan tark etgan, hozir Qo’shteppa tumanining Sardara qishlog’ida yashamoqda. Hukumat ularni qo’llab-quvvatlayapti.

O’zlarini “Islomiy davlat” to’dasi a’zolari deb iddao qilayotgan bir guruh jangarilar Darzob tumanida hujum uyushtirib, bir qishloqqa o’t qo’ygan. Kamida 25 odamni o’ldirgan.

Intiqom otashida yongan ushbu qilshloq ayollari qurol ko’tarib, isyonchi guruhlarga qarshi jangga otlandi. Ko’pchiligi oila a’zolaridan ayrilgan. Jangarilar yaqinlarini o’ldirishgan.

“DAISh a’zolari bizning aka-ukalarimizni, yaqinlarimizni o’ldirdi. Biz ham o’shalarning intiqonimi olamiz. DAIShning qarshisida urushamiz. Avlodlarimiz o’lgan bo’lsa, endi o’zimiz jang qilamiz”, - deydi ayollardan biri.

Ular hukumatdan yordam so’rayapti. Moliya, qurol-aslaha, oziq-ovqat bilan ta’minlashini istaydi.

“Toliblarning qo’lidan turarga joy topmaymiz, yeyishga non topmaymiz. Erkaklarimiz bilan yonma-yon turib toliblar bilan urushamiz. Hukumat bizga yordam bersin”, - deydi qurol olgan ayollardan biri.

Ayni damda urushlar oqibatida uy-joylaridan ayrilgan oilalar ahvol o’ta og’ir ekanidan shikoyat qiladi.

“Yaqinlarimiz aslaha ko’targani uchun DAIShlar bizni tinch qo’ymaydi. Qochib kelganimizga to’rt oy bo’ldi. Hukumat hanuz yordam bergani yo’q. Och, suvsiz yuribmiz”, - deydi darzoblik otaxon.

"Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan afg'on ayollari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:00 0:00

Hukumat xotin-qizlarning qurol ko’targanini olqishlar ekan, ularni harbiylar safiga qo’shish uchun harakat ketayotganini bildiradi.

“Bu ayollar soni 100 dan oshadi. Erlari va o’g’illarini isyonchilar o’ldirgan. O’shlarning aslahalari bilan, yoki yangi qurol sotib olib DAIShga qarshi kurashmoqda. Ular bizning himoyamizda, ular shu hududlardan bo’lganligi uchun xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi”, - deydi Juzjon hokimi so’zlovchisi Rizo G’afuriy.

Uning qo’shimcha qilishicha, ayol jangchilar bir necha harbiy amaliyotlarda qatnashgan va sakkiz jangarini o’ldirgan.

Jangga otlangan ayollar hukumat harbiylari soni oz ekani, ayni damda ularning kuchsiz ekanini ta’kidlaydi. Rasmiylar bu iddaolarni rad etadi.
Juzjonning shimol qismida joylashgan Qo’shteppa va Darzob tumanlari anchadan beri beqaror. Ko’p hududlar qurolli to’dalar nazoratida. Bu ikki tumanda qurol-aslaha bozori ham ancha chaqqon ekani aytilmoqda.
Rasmiylar aslaha sotiladigan do’konlar borligini tasdiqlaydi.

XS
SM
MD
LG