Breaking News

Afg’onistonda yana bir ichki hamla tergov ostida


Afg’oniston sharqidagi portlashda kamida 14 odam nobud bo’lgan. NATOning bildirishicha, alyans va afg’on zobitlaridan iborat patrul yonida bir odam o’zini portlatgan.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:59 0:00
Yuklab oling

O’lganlar orasida xorijlik uch askar va tarjimon bor. Tolibon hujumni amalga oshirganini aytmoqda.

Mahalliy rasmiylar so’zlariga ko’ra, Xost shahrida motosikl mingan odam patrulga urilib, keyin o’zini portlatgan. Olti nafar oddiy fuqaro, to’rt politsiyachi jon bergani ma’lum. 30 dan ziyodi jarohatlangan.

Bu orada, NATO va afg’on ma’murlari shanba kuni ikki amerikalik va uch afg’on askarini hayotdan olib ketgan otishmani tergov qilmoqda. Tomonlar voqeani har xil tasvirlamoqda.

NATOning dastlabki izohiga ko’ra, gap “ichki hujum” haqida ketmoqda – afg’on zobitlari yoki harbiy formadagi jangarilar alyansga qarata o’t ochgan.

Lekin NATO generali Adrian Bredsho kechagi bayonotida mojaro jangarilar ig’vosi bo’lishi mumkin, degan.

Alyans rasmiylari ta’biricha, afg’on va koalitsiya zobitlari gaplashib turib, to’satdan otishma boshlanib ketgan.

Afg’oniston Mudofaa vazirligi nazarida ziddiyat “tushunmovchilik” mahsuli bo’lgan.

Xalqaro qo’shinlar joriy yilda “ichki hamlalar”, ya’ni mahalliy askarlar hujumi natijasida 52 zobitidan ayrilgan.

Xost shahridagi qonli manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG