Seshanba kuni Kobulda toliblar afg’on xavfsizlik kuchlariga hujum qilib, kamida 30 odamni o’ldirgan, uch yuzdan oshiq fuqaro jarohat olgan.
Avval hukumat rasmiylari xavfsizligi bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’linma binosi yonida bomba solingan mashina portlagan. So’ng otishma boshlanib, bir necha soat davom etgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sidiq Sidiqiyning aytishicha, mashinaga yuzlab kilogram portlovchi modda solingani ma'lum. Uning tan olishicha, xavfsizlik choralari ko'rilmagani bois ham Tolibon qaqshatqich zarba bera oldi.
Tolibon hujum uning ishi ekanini tan oldi. Kobul hukumatining eng shafqatsiz va g'ayriinsoniy bo'linmalaridan biriga, ya'ni razvedka idorasiga zarba berdik, deydi toliblar vakili Zabihulla Mujohid.
Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani hujumni qoralamoqda. NATO bu xurujni tanqid qilib, dushman afg'on armiyasini ochiq jangda mag'lub qila olmasligini bilib, ana shunday qabih hujumlarga qo'l urmoqda, deydi.
Bahor kelishi bilan jangarilar 15 dan ortiq viloyatlarda harbiy harakatlarini avj oldirgan.
BMTning hisoblashicha, joriy oy boshidan beri Afg'onistonda ikki ming oddiy fuqaro jarohatlanib, 600 kishi jon bergan.