Breaking News

Kelasi oy Kobul va Tolibon o'rtasida muloqot boshlanadi


Kobulda o'tayotgan Afg'oniston tinchlik muloqotida Afg'oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh diplomatlari qatnashmoqda, 23-fevral, 2016-yil.
Kobulda o'tayotgan Afg'oniston tinchlik muloqotida Afg'oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh diplomatlari qatnashmoqda, 23-fevral, 2016-yil.

Kobulda Afg'oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh diplomatlari Tolibon bilan tinchlik muloqotini jadallashtirish yuzasidan navbatdagi yig'inini boshladi.

Shu munosabat bilan delegatlarga so'zlagan Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy Tolibon va boshqa qurolli guruhlarni muloqotga qo'shilishga chaqirdi.

Uning aytishicha, to'rt davlat vakillaridan iborat guruh allaqachon muzokaralar rejasini ishlab chiqan. Kobuldagi uchrashuvda shu rejaning tafsilotlari, Tolibon bilan yuzma-yuz o'tadigan uchrashuvlar qayerda va qachon bo'lishi muhokama qilinadi.

Ammo Tolibon haligacha muloqotga qo'shilishi yoki qo'shilmasligi haqida rasman bayonot bermagan. Aksincha, so'nggi oylarda hujumlarga zo'r bermoqda.

Bu orada Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani mamlakatda tinchlik o'rnatish jarayonini boshqaruvchi Oliy Tinchlik kengashiga yangi rahbar tayinladi. G'ani nomzodini tasdiqlagan Pir Sayid Ahmad G'iloniy yetakchi afg'on mujohidi bo'lib, Afg'oniston bo'ylab ko'pchilikning hurmatini qozongan shaxs hisoblanadi.

Tolibon va Kobul o'rtasidagi to'g'ridan to'g'ri uchrashuvlar kelasi oyning birinchi haftasidan boshlanishi kutilyapti. Pokiston muloqotga mezbonlik qilishni taklif qilgan.

Tolibon bilan birinchi uchrashuv o'tishi bilan xalqaro diplomatlar guruhi Islomobodda yana yig'ilib, keyingi qadamlarni muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG