Breaking News

G'ani, Abdulla ovozlarni sanashdan qoniqmadi


Prezidentlikka nomzod Ashraf G'ani, Abdulla Abdulla, amaldagi rahbar Hamid Karzay.
Prezidentlikka nomzod Ashraf G'ani, Abdulla Abdulla, amaldagi rahbar Hamid Karzay.

Afg’onistonda prezidentlikka da’vogar har ikki nomzod – Abdulla Abdulla va Ashraf G’ani iyun oyidagi saylovda berilgan ovozlarni qayta sanash jarayonini tan olmoqchi emas.

Hisob-kitob jarayoni BMT kuzatuvida olib borilayotgan edi.

Abdulla soxta ovozlarni bekor qilish talabi inobatga olinmaganidan norozi va bo’layotgan ishlar maynavozchilikdan boshqasi emas, deydi. Unga qo’shilib Ashraf G’ani ham hisoblash ishlarini tan olmasligini aytmoqda.

14-iyunda ikki nomzod o’rtasida o’tgan saylovda berilgan sakkiz million ovozlar deyarli qayta sanab bo’lingan edi.

BMT rasmiylarining aytishicha, G’ani va Abdullaning qarori afsuslanarli, lekin hisoblash jarayoni davom etadi.

Saylovning birinchi bosqichida Abdulla Abdulla oldinda edi. Lekin ikkinchi bosqichda Ashraf G’ani ildamlab ketgan. Har ikki arbob g’alaba qozonganini ta’kidlamoqda.

Afg'oniston xavfsizligi, AQSh rejalari/US-Afghanistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG