Breaking News

General Do'stum Tolibondan taslim bo'lishni talab qilmoqda


Afg'oniston vitse-prezidenti, general Abdulrashid Do'stum toliblarga shart qo'yishi ketidan shimoldagi to'qnashuvlarda ikki o'zbekistonlik jangari o'lgan. Vaziyat qaltis va shimolda Tolibon hamda “Islomiy davlat”ga qarshi birlashgan kuchlar qaqshatqich hujumga hozirlanmoqda.

General Do'stum Tolibonga shart qo'ydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:40 0:00

Toliblarga taslim bo'lish uchun bir hafta muddat bergan Do'stum tayyorgarlikni kuzatayapti.

Faryob viloyatida o'zbeklar zich yashaydigan qishloqlar jangarilar nazoratiga o'tishi ortidan general Turkiyadan tezda qaytib, ishga kirishdi.

Mahalliy o'zbeklardan biri Xayr Muhammad Saljuqiyning aytishicha, general ayni paytda Shibirg'onda.

Do'stum qaytishi bilan toliblarga shart qo'ydi, deydi u. Taslim bo'lmasa, shafqatsiz qiriladi deya ogohlantirish berildi, toliblar generalning shartlarini qabul qiladi degan umid bor, deydi Saljuqiy.

Uning aytishicha, shimolda toliblar bilan to'qnashuvlar davom etmoqda.

“Markaziy Osiyo, Checheniston va boshqa davlatlardan, jumladan, O'zbekistondan ham bo'lgan jangarilarning hammasini xorijiy jangarilar deymiz. Aniq sonini aytish qiyin. Mana bugungi xabarlarga ko'ra ham, Mozori-Sharifdan uzoq bo'lmagan joyda, to'qnashuvlarda ikki o'zbekistonlik o'ldirilgan”, - deydi u.

Shimoldagi olishuvlarda hozir, asosan, o'zbeklar yashaydigan qishloqlar aziyat chekayotgani ma'lum. Bu qishloqlar toliblarning to'liq nazoratida deyish qiyin, toliblar qishloqlarni vayron qilishi ortidan yana ortga chekinadi.

Shimoldagi siyosiy kuchlar toliblarga qarshi ittifoq tuzgan. Bir necha partiya yetakchilari boshchilik qilayotgan bu guruh hukumat bilan ishlaydi.

“Junbush” partiyasidan general Do'stum, “Jamiyat” pariyasidan Ustoz Nur va shimoldagi boshqa yetakchilar Tolibonga qarshi birga jang qilishga kelishgan. Generalning o'zi ham aytib o'tdi, aholini toliblarga qarshi turg'izish Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi nazoratida amalga oshadi. Odamlarning o'z qishloqlari, shaharlarini mudofaa qilish imkoniyatlari kuchaygan”, - deydi Xayr Muhammad Saljuqiy.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG