Breaking News

Afg'onistonning ichki qochoqlari og'ir hayot kechirmoqda


Afg'onistonning ichki qochoqlari
Afg'onistonning ichki qochoqlari

Afg'onistonning zo'ravonlikdan qochib uyini tashlab ketgan fuqarolari yangi manzillarda yanada qiyinroq sharoitlar bilan yuzlashmoqda. Chunki hukumat ularga yordam berish bo'yicha qabul qilgan dastur va rejalarini amalga oshirmayapti.

Urush va zo'ravonlikdan qochib mamlakatning turli burchaklariga borib qolgan afg'onlar ko'p. "Xalqaro amnistiya" tashkilotining may oyida chiqargan hisobotiga ko'ra, ular soni 1,2 millionni tashkil etadi.

Huquq faollarining aytishicha, ichki qochoqlar tirik qolish uchun eng og'ir sharoitlarda yashashga majbur bo'lmoqda.

Afg'oniston hukumati ularga yordam berish uchun milliy siyosat ishlab chiqqan, ammo u haligacha amalga oshirilgani yo'q.

Afg'onistonni qayta qurish bo'yicha AQSh maxsus bosh nazoratchisi bunda korrupsiya va resurslar yetishmasligini, shuningdek, ko'plab viloyat hokimiyatlarini ayblaydi.

Davlat departamenti va USAIDga yuborilgan maktubda yozilishicha, ayrim viloyatlar ichki qochqinlarni iqtisodiy migrantlar sifatida ko'rib, ularga oziq-ovqat, suv, boshpana hamda tibbiy yordam ko'rsatishda ayirmachilikka yo'l qo'ymoqda.

Qochoqlar va qaytayotganlar bo'yicha Afg'oniston vaziri Sayyid Husayn Alimi Balxiyning aytishicha, hukumat bunday fuqarolariga yordam ko'rsatish bo'yicha qattiq ishlayapti.

O'tgan ikki yilda zo'ravonliklarning kuchaygani hukumat rejasini jiddiy amalga oshirish yo'lida to'siq bo'ldi, deydi u.

Huquq faollari xalqaro hamjamiyatni ham faol aralashib, ko'proq yordam berishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG