Breaking News

Afg’onlar uchun haqiqiy mustaqillik hamon orzu


Afg’onistonda mustaqillikning 97-yilligi nishonlandi. Afg’onlar nazarida ular haqiqiy mustaqillikdan juda uzoq.

Afg'onistonda mustaqillik bayrami - qanaqa mustaqillik?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:12 0:00

O'lka 1919-yilda Britaniya mustamlakasidan ozod bo’lgan.

Shoh Omonullo bu kurash tepasida turgan. 18-avgust kuni mustaqillik e’lon qilingan.

Hozirgi prezident Ashraf G’ani deydiki:

“Boshqa davlatlar o’z mustaqilligini tarixiy bir g’alaba deya nishonlaydi. Biz, afsuski, hanuz erkinlikni mudofaa qilishga majburmiz”.

Hech bir davlat Afg’onistonning ichki va tashqi masalalariga aralasha olmaydi, deydi G’ani.

“Biz 97 yil oldin ichki mustaqilligimizni emas, tashqi siyosatda o’z mustaqiligimizga erishdik. Afg’oniston hech bir zamon tashqi siyosatini boshqalar qo’liga berib qo’ymaydi”,- deydi prezident.

Lekin omma nazarida bugun Afg’oniston na tashqi siyosatda va na ichki siyosatda mustaqil. AQSh aralashuvi bilan vujudga kelgan “milliy birdamlik hukumati” bunga yaqqol misol.

Rahbarlar ozodlik va mustaqillikni da’vo qilayotgani safsata, deya qo’l siltaydi ko’plab afg’onlar. Boshqaruvdagilarning o’zi bir-biri bilan chiqisha olmaydi.

Juzjon viloyati hokimi Mavlaviy Lutfullo Aziziy:

“Mustaqillik kunida yoshlarga shuni aytmoqchimizki, bugungi Afg’onioston bobo-ajdodlarimizning tinimsiz kurashi natijasida barpo etilgan. Lekin 97 o’tib ham hanuz biz o’gir bir vaziyatdamiz. Hanuz qurbonlik berib kelmoqdamiz”.

Har viloyatda rayonlardan birining ismi “qurolli kuchlar rayoni” deb ot qo’yildi.

Bugun Afg’oniston beqaror emas, lekin mamlakatning katta qismi nisbatan bo’lsa-da, osuda. Odamlar tirikchilik bilan band. Yoshlar oliygohlarda, bolalar maktablarda.

Matbuot oyoqqa tura boshlagan, madaniyat va ijtimoiy hayot oldinga siljigan.

Uzoq yillik urushlardan tinkasi qurigan yurtda haqiqiy mustaqillik yaqin degan umid bor.

XS
SM
MD
LG