Afg’onistonda kelasi yilgi prezident saylovlari oldidan nomzodlar ayon bo’layapti.
Pashtu deputat va diniy peshvo Abdul Rasul Sayyaf kecha nomzodini ro’yxatdan o’tkazgan.
Sobiq Energetika va suv vaziri, asli tojik Ismoil Xon 5-aprel kungi poygada vitse-prezident lavozimi uchun kurashadi. Sayyaf vitse-prezidentlikka yana bir nomzod etib kelib chiqishi o'zbek Abdul Vahob Erfanni tanlagan.
Sayyaf va Xon toliblar davlat tepasiga kelmasidan oldin, 1992-1996-yillarda fuqarolik urushi paytida mujohidlarga bosh bo’lgan.
Sayyaf, deya yozadi "Reuters" axborot agentligi G'arb diplomatlariga tayanib, xotin-qizlar roli, ijtimoiy erkinlik kabi masalalarda o'ta konservativ qarashlari, radikal diniy guruhlarga aloqador ekani sababli xavotir uyg'otadi.
U o'z vaqtida Afg'onistonda Osama bin Laden bilan ko'rishgani, al-Qoidaning yetakchi vakillarini Afg'onistonga olib kelgani da'vo qilinadi.
Sal oldin sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla ham prezidentlikka da'vogar sifatida qayddan o'tgan edi.
Amaldagi rahbar Hamid Karzay ikkinchi muddatini yakunlash arafasida. Konstitutsiyaga ko'ra, u saylovda qatnashishi mumkin emas.
Kelasi yili xalqaro koalitsiya Afg’onistondan ketadi va prezident saylovlari mamlakat kelajagini belgilovchi muhim jarayon sifatida ko’riladi.
Mamlakatga xorijiy yordam uzilmasligi uchun ham saylov xolis va erkin o'tishi g'oyat ahamiyatli.