Breaking News

Afg'onistonda AQSh havo hujumida Tolibon qo'mondoni halok bo'ldi


Tolibon a'zolari
Tolibon a'zolari

Afg'oniston janubida AQSh uchuvchisiz samolyoti amalga oshirgan hujumda Tolibon qo'mondonlaridan biri o'ldirilgan. Hukumat va Tolibon rasmiylari Mulla Abdul Manan va uning to'rt hamrohi Hilmandda nishonga olinganini tasdiqlamoqda.

Jangarilar chiqargan bayonotda yozilishicha, Manan Afg'onistonning Tolibon deyarli butunlay nazorat qiladigan eng yirik viloyatida "soyadagi hokim" bo'lgan va uning o'limi jangari guruh uchun "jiddiy yo'qotish" bo'ldi.

Narkotiklar savdosi o'choqlaridan bo'lgan Hilmandda Abdul Manan Tolibon harakatini moliyalash ishlariga ham bosh-qosh edi. Uning boshchiligida Hilmandning 95 foizini bosib olganmiz, deya da'vo qiladi jangarilar.

AQSh Harbiy-havo kuchlari markaziy qo'mondonligi ma'lumotiga ko'ra, AQSh kuchlari joriy yilning dastlabki 10 oyida Afg'onistonga qariyb 6000 bomba tashlagan. Oxirgi 10 yillikdagi hech bir yil bu raqamga teng kelolmaydi.

BMT va afg'on rasmiylariga ko'ra, o'tgan hafta AQSh bombasida Hilmandda 23 tinch aholi vakillari halok bo'lgan, jumladan ayollar va bolalar.

Shu bilan birga, Vashington urushga yakun yasash maqsadida siyosiy kelishuvga erishish uchun Tolibon bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda.

Afg'on rasmiylari 2-dekabr kuni chegaradagi Paktiya viloyatida havo hujumida 10 tinch fuqaro o'lganini aytadi. Uni AQSh harbiylari amalga oshirgani hozircha tasdiqlanmagan. Hujum mahalliy aholi namoyishiga sabab bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG