Breaking News

Tramp Afg'onistonga ko'proq qo'shin yuborishi mumkin


Afg'oniston askarlari
Afg'oniston askarlari

Afg'onistonda AQSh va xalqaro qo'shinlarning qo'mondoni qo'shimcha bir necha ming askarga ehtiyoj bor ekanini aytganiga uch oy bo'ldi. Tramp ma'muriyati yordam jo'natishi mumkin.

Kunlar isib, Afg'onistonda janglar qiziyapti. Ammo Tramp ma'muriyati hali bu notinch yurtga doir siyosatini e'lon qilganicha yo'q.

Ammo harbiylarning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Afg'onistonga qo'shimcha bir necha ming xalqaro askar safarbar etish muhokamada.

Rahbarlar avval ham Tolibonga qarshi kurashga ko'proq qo'shin jalb qilgan, ammo ekspertlarning aytishicha, bu gal boshqa taktika qo'llanadi.

"Bu safar Afg'oniston armiyasini kuchaytirishga, ularga maslahat berib, salohiyatini oshirishga harakat qilamiz", - deydi iste'fodagi general Tomas Spoer.

Rasmiylarning aytishicha, madad ayniqsa Afg'oniston harbiy havo kuchlari va maxsus qo'shinlarini qo'llab-quvvatlashga qaratiladi.

Boshqalar nazarida askarlar soni oshgani bilan yaqin kelajakda ko'pga erishib bo'lmaydi.

Milliy razvedka idorasi rahbari Daniel Kouts deydiki, Afg'onistondagi siyosiy ahvol va xavfsizlik bilan bog'liq sharoit kelasi yil ham og'irlashib boradi. Razvedka ma'lumotlari shundan dalolat beradi. "Amerika va ittifoqchilarning harbiy yordami bu ahvolni o'zgartirishi gumon", - deydi u.

Tolibon bugun Afg'onistonda 2001-yildan beri eng katta hududlarni nazorat qilayapti. Ularni Kobul bilan muzokaraga ko'ndirish uchun qurolni ishga solish zarur, deydi ba'zi mutaxassislar.

AQSh qo'mondoni Reymond Tomas Afg'onistonda qo'lga kiritlgan muhim yutuqni esdan chiqarmaylik, deydi.

"Afg'onistonga askar tortishdan maqsad nima edi? 15 yildan oshiq kurashib kelamiz. Bu hududdan AQShga qarshi takror hujum amalga oshirilmasligini ta'minlash edi maqsad va buning uddasidan chiqdik", - deydi general.

"Islomiy davlat" to'dasi Afg'onistonda o'rnashib olganidan beri bu mamlakatda kurash zarurati oshgan. Bu esa Amerika askarlari Afg'onistondan haliberi ketmaydi, degani.

Xalqaro hayot - 12-may, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:20 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG