Breaking News

Afg'onistonda o'zbek matbuoti ahvoli: Jurnalistlar oz, qiziqish ortayapti


Kobuldagi telekanal. 3-fevral, 2014-yil. Matbuot xilma-xilligi ortgani Afg'onistonda barqaror hayot sari qo'yilgan muhim qadamlardan sanaladi.
Kobuldagi telekanal. 3-fevral, 2014-yil. Matbuot xilma-xilligi ortgani Afg'onistonda barqaror hayot sari qo'yilgan muhim qadamlardan sanaladi.
Afg’onistonda Tolibon hokimiyatdan ag’darilib, yangi tuzum vujudga kelganidan beri matbuot ancha rivojlandi. Xususan o’zbek tilida telekanallar, radio, gazeta va jurnallar chiqa boshladi.

Afg'onistonda o'zbek matbuoti ahvoli/Abdulbosit Ilg'or
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:15 0:00
Yuklab oling

Mamlakat shimolida, masalan, “Oyna” televideniyesi tanila boshladi. “Amerika Ovozi” kundalik eshittirishlari Samangon shahridagi Shaharvand radiosida FM to’lqinida efirga chiqadi.

Axborot vositalari ko’p, lekin ular oldidagi muammolar va boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar undanda ziyoda.

Yangi hukumat tiklanishi bilan Afg’onistonda o’zbek tili 3-rasmiy til deya qabul qilindi.

10 yildan beri jurnalist bo’lib ishlab kelayotgan Habiburahmon Quyosh o’zbek va turkman tillarida efirga chiqayotgan “Batur” TV boshqaruvchisi. Bu kanal Shibirg'onda asoslangan.

“O’zbek matbuotida muammolar ko’p. O’zbek mutaxassislar yo’qligi, jurnalistlar ozligi, jurnalist bo’lganlarning aksariyati o’zbek emasligi... Lekin so’nggi paytlarda o’zbek adabiyotini o’qigan kishilar matbuotga qiziqib ishga kelmoqda. O’zbek yoshlari ko’p”, - deydi u.

Habiburahmon Quyosh kelajakdan umidvor. Astalik bilan olg’a qadamlar tashlanmoqda, deydi u.

“Mutaxassislarni ko'paytirish kerak. Hozir yosh jurnalistlarning soni ko’paygan. Ular mahalliy va xorijiy matbuotga ishlaydi. Yonimizda O’zbekiston bor, biz uchun katta manba… Agar u tomon Afg’oniston o’zbeklari bilan madaniy aloqa qurib, jurnalistlarning malakalarini oshirishda yordam bersa”, - deydi Habiburahmon Quyosh.

“Batur” TV boshqaruvchisi deydiki, moliya - dolzarb masala. Rivojlanish uchun mablag’ zarur.

Afg’onistondagi hozirgi vaziyat ham jurlanistlar uchun juda qaltis.

“Haqiqatni yoritish tahdid… Davlat kuchlari ham haqiqatni yoritish uchun to’siq yaratadi. Zo’ravon kishilar o’z farmoyishlariga asosan jurnalistlarni ishlatadi”, - deydi Quyosh.

Jurnalist Navid Nazariy fikricha, adabiy o’zbek tilini bilmaslik ham katta muammo. Ona tilimizda gapirishga qiynalamiz, deydi u.

“Odamlar bilan gaplashmoqchi bo’lsam, men o’zbekman, lekin o’zbekcha gaplashishga qiynalaman, forscha gaplashsak qanday bo’ladi, deb aytadi. Endi bir lavha tayyorlash uchun ko’p odamlarning oldiga borishim kerak, hatto bilimli o’zbeklar ham gaplashishni xohlamaydi. Bundan tashqari, xavfsizlik ham yaxshi emas. Tumanlarga safar qila olmayman. U yerda odamlarning qiyinchliklari ko’p”, - deydi Nazariy.

Yosh, havaskor Siyomuy Ayubiy bolalar uchun mo’ljallangan ko’rsatuvni olib boradi.

“O’zbekcha ona tilim… Men bu tilni juda sevaman, lekin forschada imkoniyatlar ko’p. Afg’onistonda o’zbek tili uchun unchalik imkoniyat yo’q, ko’p narsalar haqida o’z miyamizdan tayyorlaymiz, bu biz uchun qiyin”, - deydi Siyomuy Ayubiy, manba yetishmasligiga ishora qilib.

Tubo ham yosh havaskorlardab biri:

“Ko’p paytlarda she’r va maqollardan foydalanamiz. Ma’lumotlarni forschadan tarjima qilishga urinamiz. Ona tilim bo’lgan o’zbekchaga juda qiziqaman va bu tilni tirik saqlash uchun harakat qilaman”.

Afg’onistonda o’zbek tele va radiolarning muxlislari gazetxonlardan ancha ko’pligi kuzatiladi.

Afg'onistondagi muxlislarimiz/Uzbek audiences in Afghanistan VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00
XS
SM
MD
LG