Тоjikistonda son bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi o’zbek jamoasi o’z tili va urf-odatlarini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Respublikada o’zbek tilida 10 ga yaqin gazeta-jurnal chiqadi.
“Xalq ovozi” markaziy hukumat, “So’g’d haqiqati” esa viloyat hokimligining nashrlari hisoblanadi. Bundan tashqari “Zamondosh”, “O’quvchilar gazetasi” “Ma’naviyat”, “Qadriyat”, “Huquq” kabi 10 ga yaqin haftalik gazetalar bor.
Ular safiga yaqinda “Sharqnoma” jurnali qo’shildi. Lekin iqtisodiy jihatdan qashshoq o’lkada mustaqil axborot vositalarining ish olib borishi oson emas. Davlat byudjetidan qoplanadigan ikki gazetadan boshqa barchasi qiyin ahvolda.
Tojikistonda ikki millonga yaqin o’zbek yashaydi. Ular uchun chiqadigan nashrlarning ommaviylashmasligi sababini jurnalist Obloqul Musoyev qiziqarli va dolzarb mavzular ko’tarilmasligi bilan izohlaydi.
“O’zbek matbuotida, jurnalistlarida shijoat yetishmaydi. Tojik matbuotini o’qiganda zavqlanadigan, chegaralanmagan mavzularni ko’rasiz. O’zbekchada ba’zi materiallar sust”, - deydi u.
Musoyevning aytishicha, o’zbek jurnalistikasi maktabi yo’q, soha bo’yicha zamonaviy o’quv qo’llanmalari yetishmaydi. Ilgari yoshlar istagan joylarida, Toshkent yoki Moskva singari shaharlarda ta’lim va malaka oshira olishgan bo’lsa, hozir bu imkoniyat chegaralangan, deydi u.
“Tojikistonimizda o’zbek tilida jurnalistlarni tayyorlaydigan bilim yurtini bilmayman. Bir paytlar bo’lgan edi, negadir yo’q bo’lib ketdi. Hozir maktabni tugatib jurnalistikada o’qishni istagan o’zbek yoshlar tojik jurnalistikasida o’qishi kerak. U bir balo qilib o’qiydi, lekin tojik tilida o’zini o’zbekona fikrlarini bayon etishda chegaralanib qoladi, ma’lumot yetishmaydi”.
Tojikistonda o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi nodavlat tashkiloti yaqindan beri “Sharqnoma” nomi bilan yangi bir ilmiy-ijtimoiy, adabiy, siyosiy jurnalni chiqara boshladi.
Jurnal Bosh muharriri Abduvali Bek Muhammad respublikada bir qator o’zbek nashrlari - “Sug’d yog’dusi”, “Osiyo”, “Nafosat” kabi jurnallar chiqmay qo’yganidan so’ng vujudga kelgan bo’shliqni to’ldirish maqsadida shu ishga qo’l urilganini aytadi.
“Ochig’ini aytish kerak, hozir markazning hisobida bir chaqasi yo’q. Fidoyi, ma’rifatparvar millatdoshlarimizning moliyaviy ko’magi yordamida jurnalni chiqarmoqdamiz. Asosan obunadan tushgan pul hisobiga nashr etamiz. Faqat bosh muharrir ozgina maosh oladi, qolgan xodimlar jamoatchilik asosida, xolisona, savob uchun mehnat qiladi. Maosh berish niyatlarimiz bor, lekin bu keyingi vazifalarimizga kiradi”, - deydi Muhammad.
Dastlab ming nusxada chiqarilib, ikki kun orasida tarqalib ketgan jurnalning keyingi sonlari tiraji 1500 ga yetgan. Sotuv bahosi olti somoniydan sal ortadi (1,5 dollar atrofida). Jurnal tarqatuvchu keksa ziyoli otaxonlardan birining fikricha, uning narxi boshqa nashrlarga nisbatan arzonroq, odamlar xaridda og’rinmagan.
“Men 50 ta jurnal tarqatdim, biron kishi og’irlik qiladi degan emas, buning faqat ijobiy tomoni bor”, - deydi u.
O’zbek matbuoti oldida Tojikistonda muammolar yetarli. Buni yaxshi bilsa-da, mahalliy jurnalistlarning hammasi ham buni ochiqlamaydi, turli bahonalar bilan o’zini suhbatdan chetga tortadi. “Kayfiyatim yo’q, gapirishim shartmas, nima keragi bor”, qabilida javob qilishadi.
Taniqli tojik shoiri Ne’mat Otash yangi o’zbek nashrlarini qutlash zarur, lekin hozirgi iqtisodiy sharoitda miqdorni ko’paytirish shartmikan, deydi. Uning fikricha, o’z atrofiga iqtidorli ijodkorlarni birlashtirgan yagona baquvvat o’zbekcha gazeta bo’lsa, ko’proq mushtariylarni o’ziga jalb qila oladi.
“Chunki o’zbekcha nashrlarning ortib borgani bilan ularning mazmuni yaxshi bo’lmasa, ommalasha olmasa, bu kimga kerak? Bugungi sharoitda ko’pchilik gazeta-kitob o’qimaydi, asosiy informatsiya manbai televideniye, radio va internet bo’lib qolgan”, - deydi u.
Ziyoli Sayram Rasulov qanday sharoitda bo’lmasin, respublikada o’zbek nashrlari miqdorini oshirish zarur, ommaviy axborot vositalarisiz millat ma’naviyati va ruhini ko’tarib bo’lmaydi, deydi.

O’zbekcha nashrlarning ortib borgani bilan ularning mazmuni yaxshi bo’lmasa, ommalasha olmasa, bu kimga kerak?