Breaking News

Afg’onistonda to’yda portlash, qonunchi, general o’lgan


To’y Aybak shahrida Samangoniy oilasida o’tayotgan bo’lgan.
To’y Aybak shahrida Samangoniy oilasida o’tayotgan bo’lgan.
Afg’oniston prezidenti shimolda to’y payti sodir etilib, 23 odamni hayotdan olib ketgan portlashni qoralamoqda.



Hamid Karzayning aytishicha, Samangonda o’lganlar orasida qonunchi Ahmadxon Samangoniy, viloyat razvedkasi rahbari general Muhammad Xon ham bor.

Xurujda parlament a’zolari, politsiyachi va sobiq rasmiylar jarohat olgani ma’lum. Karzay voqeani tergov qilish uchun alohida guruh tuzishga ko’rsatma berdi.

Afg’oniston dushmanlari begunoh insonlarga jabr qilmoqda, deydi prezident.

To’y Aybak shahrida Samangoniy oilasida o’tayotgan bo’lgan. Bir kishi marosimga qo’shilib, kelinning otasi - Samangoniy bilan quchoq ochib ko’rishgan va shu payt o’zini portlatgan.

Rasmiy o'zbek bo'lib, o'tmishda Sovetlarga qarshi, keyin esa toliblarga qarshi kurashgan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti Afg’onistonda Ayollar masalalari bo’yicha vazirlik rasmiysi, taniqli arbob Hanifa Safiy o’limini xavotir bilan tilga olmoqda.

Unga uyushtirilgan hujum mamlakatda xotin-qizlar huquqlari, bu sohada erishilgan yutuqlarga qaqshatqich zarbadir, deydi tashkilot rasmiylari.

Xalqaro Amnistiya xuruj uchun javobgar shaxslarni topib, jazolashga da’vat etmoqda. Safiy juma kuni mashinasi portlashi oqibatida jon berib, voqeada uning turmush o’rtog’i, qizi va yana olti kishi jarohat olgan.

Hukumat Tolibon bilan murosa izlayotgan payt inson huquqlari, jumladan, ayollar huquqlari qurbon qilinmasligi lozim, deydi Amnesty International mutasaddilari.

Karzay xurujni tanqid qilib, xotin-qizlarni nishonga olish islom qadriyatlariga zid, dedi. Hujum ortida turganlarni "zaif", "qo'rqoq" deya ta'riflab, tergov boshlashni buyurdi.

Bir necha kun oldin internetda toliblar bir ayolni omma ko’z oldida o’ldirgani tasvirlangan video paydo bo’lgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG