Breaking News

Afg’onistonda to’y o’tayotgan hovliga hujum, to’qqiz kishi, kuyov o’lgan


Kuyov mahalliy rasmiyning qarindoshi bo'lgan
Kuyov mahalliy rasmiyning qarindoshi bo'lgan

Afg’onistonning Nangarhor viloyatida jangarilar to’y o’tayotgan uyga hujum qilib, to’qqiz kishini, jumladan kuyovni o’ldirgan. Yigit Dur Bobo tumani hokimining qarindoshi bo’lgani ma’lum.

Voqea payshanba tunda, soat 1 larda ro’y bergan. Jangarilar kuyovning uyiga kirib, butun oilani qirgan. Politsiya taxmincha, bu – Tolibonning ishi va aslida maqsad, hokimni o’ldirish bo’lgan.

Toliblar hukumat va xalqaro koalitsiyaga xayrixoh odamlarni qo’rqitish uchun shu kabi xurujlarni amalga oshirib keladi. Kuni-kecha Bomiyon tumanida mahalliy rasmiylardan biri Javad Zehakning jasadi topilgan edi.

NATO mudofaa vazirlari Bryusselda majlis qilmoqda
NATO mudofaa vazirlari Bryusselda majlis qilmoqda

Qo’shma Shtatlar armiyasi kelasi oy Afg’onistondan chiqa boshlashi kerak. NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning aytishicha, bu koalitsiya tarkibidagi boshqa davlatlar ham missiyasini tamomlaydi degani emas.

Rasmussen Bryusselda NATO mudofaa vazirlari sammitida so’zladi. “Afg’oniston alyans uchun ustuvor masala bo’lib qoladi. 2014 yilga borib esa xavfsizlikni mahalliy armiya o’z zimmasiga oladi”, - deydi u.

Robert Geyts askarlarni asta-sekin olib chiqish tarafdori
Robert Geyts askarlarni asta-sekin olib chiqish tarafdori

Rasmussen Afg’onistondagi yutuqlarni shunday izohlaydi:

“Hirot va Kobulga qilgan safarim chog’ida bunga guvoh bo’ldim. Iyul oyidan e’tiboran aholining chorak qismi yashovchi yetti viloyat uchun afg’on armiyasi mas’ul bo’ladi. Bu muhim qadam”.

Afg’onistonda Tolibonga qarshi harbiy kampaniya 10 yildan oshiq davom etar ekan, Qo’shma Shtatlar kelasi oy askarlarni olib chiqa boshlaydi.

Qanchasi ketadi? Qanchalik tez ketadi? Koalitsiya tarkibida jang qilayotgan boshqa qo’shinlar ham vataniga jo’naydimi? Mana shu savollar hamon ochiq.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Afg’onistondan shoshqaloqlik bilan ketish yo’q, deydi.

Afg'onistonda AQShning 100 ming askari bor
Afg'onistonda AQShning 100 ming askari bor

“Amerika va ittifoqchi davlatlar vaziyatga qarab ish tutishga va’da bergan”, - deydi u.

Shuncha yil harbiy amaliyotga bosh bo’lgan AQSh endi chetroq turmoqchi. Mudofaa vaziri, oy oxirida iste’foga chiqadigan Robert Geyts fikricha qo’shinlarni sekin-asta, mas’uliyat bilan olib chiqish lozim.

AQShda ayrim qonunchilar 15 ming zobit shu yiloq uyga qaytishi kerak, deya talab qilmoqda. Afg’onistonda amerikalik 100 ming askar xizmatda, bu davlatni oyoqqa turg’azish uchun oxirgi 10 yilda 19 milliard dollar ajratilgan.

Afg'oniston qurolli kuchlari 2014 yilda mas'uliyatli to'liq bo'yniga olishi kerak
Afg'oniston qurolli kuchlari 2014 yilda mas'uliyatli to'liq bo'yniga olishi kerak

Biroq Senat hisobotiga qaraganda, mo’l xarajatga qaramay, hukumat va jamiyatda biror o’zgarish yo’q.

Xalqaro koalitsiya Afg’onistonni tark etgani zahoti bu davlat yana tanazzulga sho’ng’iydi. Shuncha yordam uzatishdan nima naf, deya so’raydi qonunchilar.

Mana bu afg’onning aytishicha, uning xalqi bu bahsni qo’rqinch bilan kuzatmoqda.

Ko’plar Sovetlar bilan bo’lgan ssenariy takrorlanib, g’arb qo’shinlari birdan ketib qoladi, fuqarolik urushi boshlanib, yana Tolibon hokimiyatga keladi deb xavotirda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG