Breaking News

Muhtoj oila qizlari uchun imkoniyat yaratayotgan maktab


Poytaxtdagi qizlar maktabda (The Washington Middle School for Girls) faqat qizlar o’qiydi.
Poytaxtdagi qizlar maktabda (The Washington Middle School for Girls) faqat qizlar o’qiydi.
Vashingtondagi bir maktab afro-amerikalik qizlar hayotida tub o’zgarish qilmoqda. Bu qizaloqlar maktabni tashlab ketish ehtimoli yuqori jamoadan, ko’p bolali, yo’qsil oilalardan chiqqan.

O'quvchilar kunni toat-ibodat bilan boshlaydi.

Qora tanli qizaloqlar uchun imkoniyat yaratayotgan maktab
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00
Yuklab oling

Poytaxtdagi bu maktabda (The Washington Middle School for Girls) faqat qizlar o’qiydi. Katoliklar ta’lim maskanida o’quvchilar soni taxminan 100 kishi. Ular muhtoj qatlam vakillari, har birining oilasida muammosi bor. Kimdir otasiz yoki onasiz o’sgan, boshqalarni buvi-bobosi katta qilayapti.

Maktabga 14 yil oldin Meri Burdon ismli rohiba asos solgan. Ilm dargohi ta’lim bilan bog’liq xarajatlar, asosan, xayriya hisobiga qoplanadi. Yillik o’qish 15 ming dollar. Har kuni bolalarga sifatli issiq tushlik ta’minlab beriladi.

Maktab o’smirlar orasida homiladorlik o’ta yuqori, ko’p qizlar o’qishni tashlab ketadigan bir mahallada joylashgan.

“Ta’lim dargohi uchun ataylab mana shu yerni tanladik. Qizlar balog’atga yetganida ular bilan gaplashish, sog’lom va mustahkam hayotga yo’naltirish imkoniga ega bo’lmoqchi edik”, - deydi rohiba.

Rohiba Burdonning aytishicha, qizlar o’qishga kelganida ko’pincha hafsalasiz, baholari past bo’ladi.

“Avvalo muallimlarni ishga solamiz. Bolada o’qishga ishtiyoq paydo qilish birlamchi ish. Har biriga alohida e’tibor beramiz”, - deydi Meri Burdon.

Sinflar kichkina va Kelli Lokard kabi o’qituvchilar bolalar bilan yakkama-yakka ishlashi mumkin.

“Agar qizlar bilan gapimiz kelishib, men bilan ochilib gurung qila olsa, o’qishga ham ixlosi ortadi. Sinfda o’zini erkin his qila boshlaydi. Istagan savollarini berishi mumkin bo’ladi. Xoh aniq fanlar bo’yicha, xoh gumanitar fanlar yuzasidan. Hayotdan ham gaplashishi mumkin”, - deydi Kelli Lokard.

Neaje a’lo baholar olayapti. Orzusi - shifokor bo’lish.

“Avvalgi maktablarimda sharoit bunaqa emasdi. Bu yerda o’qituvchilar mehribon, diqqat bilan eshitadi sizni. Biz, bolalarda o’zimizga ishonch ortadi. Domlalar ham doim dalda beradi”, - deydi qizaloq.

Makayla ham sara o’quvchilardan. Uch yil oldin endi kelganida uyatchan, qat’iyatsiz edi. Bugun o’ktam.

“Doim yangi cho’qqilarni zabt etamiz. Puxta bilim berishayotganini sezib turamiz. Hamisha muvaffaqiyat qozonishga, muammolardan hayiqmaslikka o’rgatishadi bizni”, - deydi Makayla.

Makayla maktabni bitirganidan keyin hayoti yaxshi bo’lishiga ishonchi komil:

“Mana shunga o’xshagan boshqa ta’lim dargohlari bo’lishini xohlar edim. Sizga puxta bilim berishadi, muvaffaqiyat uchun barcha sharoitni yaratishadi”.

Vashingtonning boshqa o’quv maskanlarida bolalarning yarmi o’qishni bitirolmay yiqiladi. Bu maktabda esa o’quvchilarning 97 foizi fanlarni vaqtida tamomlab, oliy o’quv yurtlariga jo’naydi.

Amerika maktablarida/African American girls school
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG