22-27 iyul kunlari Qo’shma Shtatlarda Odam Immuniteti Taqchilligi Sindromi (OITS/SPID) ga qarshi xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Vashingtonda 20 mingdan ortiq mutaxassis yig’iladi. So’nggi 30 yil ichida jiddiy yutuqlarga erishildi, deydi olimlar.
Prezident Barak Obama va Davlat kotibasi Xillari Klinton SPID yaqin kelajakda batamom yo’q bo’ladi degan fikrda. Erik Guzbi - SPID bo’yicha koordinator, AQShning bu boradagi urinishlariga yetakchilik qilmoqda.
“Prezident va bosh diplomatimiz AQSh moliyalagan jiddiy ilmiy tadqiqotlarga asoslanib shunday deydi. Bu ilmiy yutuq. Konferensiya mavsuzi – jarayonni tubdan o’zgartitish. Dunyoni larzaga keltirgan kasallik xalqaro hamjamiyatni birlashtirdi”,- deydi Guzbi.
Yangi vaksina, muolaja va tadqiqotlar insoniyatga umid baxsh etmoqda.
1980-yillarning boshida vaziyat batamom boshqacha edi, deydi Guzbi.
“SPID Afrikada butun avlodni yo’q qildi. Kasalxonalar o’lim to’shagida yotgan odamlarga to’lib ketdi. Bir joyda bir necha odam, hatto polda ham bemorlar yotardi. AQSh va Yevropadan farqli o’laroq Afrikadagi bemorlarga aksil-retrovirus muolajasi tayinlanmasdi. Virus yuqdimi demak o’lar edingiz”,- deydi AQSh koordinatori.
Epidemiya ko’lami shu qadar dahshatli ediki, 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi SPIDni insoniyat uchun tahdid deb baholadi va choralar ko’rishga chaqirdi.
Yangi dori va dasturlar bois Afrikadagi jarayon to’xtatildi. Bunda xususan Jorj Bush prezidentligi davrida boshlanib, hamon davom etayotgan PEPFAR - Prezidentning SPIDga qarshi favqulodda rejasi roli katta.
Doktor Guzbi dasturga rahbarlik qiladi.
“Amerika roli va ulushi nihoyatda katta. PEPFAR orqali 4 million odam davolanmoqda. 2008-yilda bu raqam 1,7 millionga teng edi. Byudjet kamomadi paytida ham bu sohaga ajratilayotgan mablag’ kattaligicha qolmoqda”.
2011-yilda PEPFAR doirasida 660 ming ona davolandi va ularning bolasiga VICh yuqmasligi ta’minlandi. 40 million odam tekshirildi va yordam oldi.
Guzbi deydiki, hozirgi tibbiy imkoniyatlar SPIDdan holi avlod uchun zamin yaratdi.
“Epidemiyaga chek qo’yish uchun nima qilish kerakligini yaxshi bilamiz”,- deydi olim.