Alyaska Amerikaning eng yirik shtatlaridan bo’lsa-da, eng kam aholi istiqomat qiladi. Alyaska shtatining beshdan to’rt qismiga inson qadami yetishi mumkin. U ham bo’lsa faqatgina havo yollari orqali. Kichik samolyotlarsiz kichik orollarga bora olmaysiz. Alyaska shtatini Rossiya hududi bilan bog’lab turadigan Bering bo’g’ozi atrofidagi orollarda hayot asrlardan beri o’zgarmagan.
Rossiya Alyaskaning ba’zi orollaridan yaqqol ko’rinadigan joylari bor.
Kichik Diomid orolidan Rossiyaning Katta Diomid oroligacha atigi to’rt kilometr. Rossiya bu orollarni Ratmanovlar oroli deb ham ataydi.
Avvallari qish mavsumida kichik samyolyotlar Kichik Diomid oroliga uchib, muz ustiga qo’nardi. Vertolyotlar borib-qaytaverganidan, muzdagi yo’llar yupqalashgan.
Dengiz flotining sobiq uchuvchisi Mayk Kutiba bu orolga oxirgi sakkiz yilda haftasiga ikki bor uchgan.
“Inson qadami yetmas joylar. Shunchalar ovloqki, biror hasharotni uchratish uchun ancha masofadan o’tish kerak. Unda ham pashshadan boshqasi uchmaydi. Har ehtimolga qarshi sakkiz kunlik oziq-ovqat g’amlab boramiz”, - deydi uchuvchi.
Kichik Diomid oroli - inupiat xalqi makoni. Bu joy Inaliq deb ham ataladi. Yetti kvadrat-kilometrlik orolda 2018-yili 80 ga yaqin odam yashagan.
Bu yerda o’simlik o’smaydi. Asosan mineral tuz-toshlar bilan qoplangan joy. Inupiat xalqining atrofidagilar Rossiyada Katta Diomid orolida yashaganlar asosiy maydonga ko’chirilib, orolni harbiy bazaga aylantirish harakati boshlangan.
“Biz ularni, ular bizni kechayu-kunduz poylaymiz”, - deydi Diomid qabila kengashi prezidenti Robert Suluk.
Bering bo’g’ozi o’rtasida joylashgan Diomid orollari orqali AQSh-Rossiya davlat chegarasi o’tgan. Kichik Diomiddan Katta Diomidgacha masofa bir necha chaqirim bo’lsada, vaqt esa 21 soatga o’zgaradi. Bu yo'l orqali sayohat qilish tavsiya qilinmaydi.
“Bizni doimiy ogohlantirib turishadi. Vaqti-vaqti bilan o’q gumburlashi eshitiladi. Diametri 50 kalibrli bo’lsa kerak deb o’ylaymiz”, - deydi Robert Suluk.
Bir necha asrlardan beri Kichik Diomiddagi hayot deyarli o’zgarmagan. Bu atrofda mashina yurmaydi. Yo’l ham, kanalizatsiya ham qurilmagan.
“Bu yerdagi hayot bilan yashash uchun pul ham kerak emas. Shakar va qahvadan boshqa hamma narsa bor. Suv bizning bozorimiz. Istagan paytingizda, istaganingizcha olasiz. Tuxum ham bor. Yozda millionlab qushlar in quradi, qancha tuxum qo’yadi. 30-40 xil qushlar keladi. Kit ovlaymiz, qishda esa oq ayiq”, - deydi Robert Suluk.
Uchuvchi Mayk Kutiba orolga kelsa uzoq qolmaydi. Havo mo’tadil bo’lmagani uchun oziq-ovqatlarni tarqatib tezda qaytadi.
Ularning qisqa tashrifini Alyaskaning kichik orollaridagi aholi doim intiqlik bilan kutadi.
Facebook Forum