Breaking News

Jazoirda garovdagilar holi nima kechdi?


六四25周年的当天,作为北京的心脏和共和国象征的天安门,城楼前游客稀疏,安检异常严格。需持中国二代身份证实名方可进入广场。(美国之音东方拍摄)
六四25周年的当天,作为北京的心脏和共和国象征的天安门,城楼前游客稀疏,安检异常严格。需持中国二代身份证实名方可进入广场。(美国之音东方拍摄)
Jazoir dashtida jangarilar garovga olgan o’nlab odamlar taqdiri noma’lum qolmoqda. Kecha Jazoir harbiylari Ain Amenas zavodiga hujum qilib, xorijlik va mahalliy bir necha ishchini ozod qilgani aytiladi. Biroq tutqunlar va jangarilar orasida o’lganlar bor.

Chet el hukumatlari reyd haqida oldindan ogoh qilinmagan va xorijlik 41 ishchining holini aniqlash harakatida. To’rt nafari, xususan, uch yapon va irlandiyalik sog’-omon ekani ma’lum.

Garovdagilar orasida Amerika, Yaponiya, Norvegiya, Ruminiya, Filippin, Britaniya, Fransiya, Malayziya va Avstriya fuqarolari bor. Jazoir davlat matbuoti xabariga ko’ra, reyd paytida mahalliy 600 xodim qo’yib yuborilgan.

Uch kun oldin al-Qoidaga aloqador ekani aytilayotgan guruh inshootga bostirib kirgan, Fransiyaning Malidagi harbiy operatsiyasiga javob bu, degan edi. Jazoir armiyasi zavodni qurshovga olib, jangarilar bilan muzokaraga kirib o’tirmay hamlaga o’tgan va G’arb yordamini qabul qilishdan bosh tormoqda.

Mali armiyasi Fransiya va qo’shni davlatlar zobitlari yordamida jangarilar bilan olishishda davom etib, bugun markazdagi Konna shahrini qayta qo’lga olgan. Mali rasmiylarining aytishicha, olishuvda isyonchilar qattiq talofat ko’rgan.

Ekstremist kuchlar o’tgan hafta aynan Konnani bosib olgach, Fransiya o’z sobiq mustamlakasiga qo’shin kiritishga majbur bo’lgan edi.

Hukumat avval ham shaharni jangarilardan tozalaganini ma’lum qilgan edi, lekin xorij ommaviy axborot vositalari faoliyati cheklangani bois buni mustaqil tarzda tasdiqlash mumkin emas.

Fransiya va G’arbiy Afrika zobitlarining bir haftalik bosimi ish berib, shimolda faol al-Qoidaga aloqador kuchlar chekingan, lekin ular avval o’ylanganidan puxtaroq qurollangani aytiladi. Diabali shahrida kecha fransuz askarlari va ekstremistlar o’rtasida shiddatli janglar kechgani ma’lum. Hozir Malida 1400 fransuz harbiysi bor.

Amerika g’arblik zobitlarni va qurol-aslahani manzilga eltishga yordam berishga rozi, ammo Vashington o’zi Maliga askar yuborish niyati yo’q.

Chegara bilmas shifokorlar mamlakatda oddiy aholi xavf ostida ekani, olovli nuqtalarga dori-darmon yetkazish qiyin ekanini bildiryapti. Xususan, beqaror Konna shahriga kirish-chiqish yopib qo’yilgan.

Malidagi mojaro:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG