Amerikaliklar bu davlatning global maydondagi roli haqida yakdil emas. Yaqinda “Pyu” (Pew) tadqiqotlar markazi o’tkazgan so’rov natijalari shundan dara bermoqda.
So’ralganlarning aksariyati AQSh o’z muammolarini hal qilsin, boshqa mamlakatlar ham o'z oldidagi masalalarga o'zi yechim topsin, degan fikrda.
2013-yilda AQSh o’z muammolari bilan shug’ullansin, deganlar 80 foizga teng edi. Bugun esa 69 foiz.
Avvalgi so’rov o’tkazilganidan bir yil o’tib “Islomiy davlat” terror guruhi bosh ko’tardi. Omma fikri shakllanishida bunday o'zgarishlarning ta'siri katta, deydi tadqiqotchilar.
So’ralganlarning 46 foizi nazarida bugun AQSh 10 yil avvalgiga qaraganda zaifroq, 21 foizi esa davlat qudratliroq, qariyb 31 foizi qudrativa ta’sir ilgarigidek, degan.
So’rovda qatnashganlarning 35 foizi fikricha AQSh harbiy xarajatlarni oshirishi kerak. 24 foizi esa mudofaa byudjeti kamaytsin, deydi. Yana 40 foizi xarajatlar hozirgi darajada qolishi tarafdori.
Prezidentlikka nomzod respublikachi Donald Tramp nazarida AQSh NATO tashkilotidagi rolini qayta ko'rib chiqishi kerak. Respondentlarning 77 foizi ham shunday fikrda.
Respublikachi respondentlarning 74 foizi AQSh Suriya va Iroqdagi jihodchilarga qarshi yetarli chora ko’rmayapti deya xavotirda. 23 foizi esa aksincha, AQSh ko’p aralashadi deya norozi.
Demokrat respondentlarning 57 foizi fikricha AQSh Iroq va Suriya ishlariga harbiy jihatdan haddan ziyod aralashmoqda.
So’rov natijalari to'liq holda mana bu yerda.