Aksariyat amerikaliklar yangiliklarni televideniye, radio yoki bosma matbuotdan emas, ijtimoiy tarmoqlardan oladi.
“Pyu” (Pew) tadqiqot markazi o'tkazgan so'rov natijalariga ko’ra, kattalarning 62 foizi “Facebook”, “Twitter” va “Reddit” ni an’anaviy axborot vositalaridan afzal ko’radi.
To’rt yil muqaddam o’xshash so’rovda amerikaliklarning 49 foizi voqealardan boxabar bo’lib turish uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishini aytgan edi.
Yangiliklar uchun eng ommabop ijtimoiy tarmoq – “Facebook”. So’ralganlarning 66 foizi u yerda. “Twitter”ni afzal ko’radiganlar - 59 foiz. Bundan tashqari, “LinkedIn”, “YouTube” va “Reddit” ham amerikaliklarga keng miqyosda ma’qul.
Qizig’i shundaki, “LinkedIn” sahifasida yangiliklarni o’qishga odatlanganlarning aksariyati oliy ma’lumotli. “Facebook” foydalanuvchilari orasida ayollar ko’proq. “Instagram” esa oz sonli etnik guruhlar vakillari makoni.
Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarni o’qigach, amerikaliklar ko’p hollarda mahalliy televideniye, radio va gazeta kabi an’anaviy manbalarga murojaat qiladi.
Tadqiqotda to’qqizta ijtimoiy tarmoq o’rganilgan: “Reddit”, “Facebook”, “Twitter”, “Tumblr”, “Instagram”, “YouTube”, “LinkedIn”, “Snapchat” va “Vine”. Bu manbalar auditoriyasi 2013-yildan buyon ancha ko'paygan.