Breaking News

Xalqaro Amnistiya: O'tgan bir yilda jahonda huquqiy ahvol og'irlashdi


Xalqaro Amnistiya nafaqat Suriya, balki Iroq, Yaman, Liviya, Burundi, Shimoliy Koreyada ham vaziyat nihoyatda og'ir ekanini eslatadi.
Xalqaro Amnistiya nafaqat Suriya, balki Iroq, Yaman, Liviya, Burundi, Shimoliy Koreyada ham vaziyat nihoyatda og'ir ekanini eslatadi.

Inson huquqlari bo'yicha Xalqaro Amnistiya (Amnesty International) tashkilotining ogohlantirishicha, radikal ekstremist va terrorchi tashkilotlarga qarshi kurash bahonasi bilan hukumatlar inson huquqlari himoyasiga qaratilgan tizimlarni barbod qilmoqda.

Yangi tahlilnomada, xususan, Suriyadagi urush va qochqinlarning taqdiriga diqqat qaratiladi. Mamlakat parchalanib borar ekan, jahon hamjamiyati ilojsiz qarab turishdan boshqasiga yaramayapti, deyiladi unda. Biroq Xalqaro Amnistiya nafaqat Suriya, balki Iroq, Yaman, Liviya, Burundi, Shimoliy Koreyada ham vaziyat nihoyatda og'ir ekanini eslatadi.

Qochqinlar himoyasiga doir xalqaro qonunlarni imzolagan davlatlar bugun urush va ta'qiblardan bosh olib kelayotgan minglab insonlar taqdiriga ko'z yummoqda, deyiladi huquq tashkiloti hisobotida. Afrikada, masalan, qator mamlakatlar Xalqaro jinoiy sud bilan ortiq hisoblashmaymiz, deya dag'dag'a qilmoqda.

Xalqaro Amnistiyaning hisoblashicha, 113 davlatda so'z va matbuot erkinligi cheklangan. 60 milliondan ziyod odam uyini tashlab qochib sarson yashashga majbur. 30 mamlakat qochqinlarni vatanlariga qaytarib yuborgan. 61 davlatda odamlar tanqidiy fikrlari uchun qamoqqa tashlangan. 122 o'lkada insonlar qiynoqqa solinadi.

Hisobotda O'zbekiston ham tilga olingan. Mamlakatda qiynoqlar keng ko'lamda davom etmoqda, rasmiylar xavfsizlikni bahona qilib, muxolif fikrni bo'g'ishda davom etayapti. Sudlar qiynoqlar ostida olingan ko'rsatmalardan foydalanib, hukumatga qarshi ig'vo va terrorizm kabi ayblovlar bilan ushlangan mahbuslar jazolari asossiz uzaytiriladi, deyiladi Xalqaro Amnistiyaning hisobotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG