Breaking News

11-sentabr - dunyoning eng qudratli davlatini dahshatga solgan kun, siz nima deysiz?


2001-yilning 11-sentabri oddiy qilib 9-11 deya ataladi. Sentabr to'qqizinchi oy, fojea kuni esa 11.
2001-yilning 11-sentabri oddiy qilib 9-11 deya ataladi. Sentabr to'qqizinchi oy, fojea kuni esa 11.

2001-yilning 11-sentabrida Amerika osmonida to'rt samolyot olib qochilib, ikkitasi Nyu-Yorkda Jahon Savdo Markazining egizak binolari, biri Virjiniya shtatida Mudofaa vazirligi joylashgan Pentagon va yana biri Pensilvaniya shtati dalalariga qulab, uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.

Dunyoning eng qudratli davlatiga qarshi bu harakat nafaqat AQSh balki uning ittifoqdoshlarini ham oyoqqa turg'azgan, dahshatga solgan. Jorj Bush, o'sha paytdagi prezident, terrorga qarshi xalqaro urush e'lon qilgan. U bugun ham davom etmoqda. Amerikaning hozirgi rahbari Barak Obama Afg'oniston va Iroqdagi mojarolarni tugatib, qo'shinlarni vatanga qaytarishga qaror qilgan.

Saytimizning Video va boshqa qismlarida mavzu yuzasidan ko'plab tahliliy materiallar bor.

Siz 10 yil oldin yuz bergan va oqibatlari hamon har yerda namoyon bu voqealar haqida qanday fikrdasiz? Siz yashayotgan jamiyatga uning ta'siri qanday bo'lgan? Amerika terrorizmga qarshi ko'rgan choralarni qanday baholaysiz? Marhamat, quyida bu borada o'z mulohazalaringizni bildiring.

O'sha kunni aks ettirgan tasvirlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG