Breaking News

Obama: 11 sentabr - xotira va mehr-muruvvat kuni


Obama: 11 sentabr - xotira va mehr-muruvvat kuni
Obama: 11 sentabr - xotira va mehr-muruvvat kuni

Prezident Barak Obama Amerika xalqini har jihatdan birdam bo’lishga undamoqda.

“2001 yilning 11 sentabrida davlatimizga qarshi keng ko’lamli terror xurujlari qilingan. Bu voqeaga 10 to’lar ekan, har bir yurtdoshimdan Amerika tinchligi va farovonligi yo’lida fidoiy fuqaro bo’lishni, o’sha dahshatli kunda halok bo’lganlar ruhini yod olib, mehr-oqibat haqida o’ylashni, ko’ngilli xizmat va xayriya qilishni so’rayman”, - deydi Obama, har shanba qiladigan murojaatining bugungisida.

Prezident va rafiqasi Mishel Obama poytaxt Vashingtonda mahalliy xayriya tashkiloti bilan ishlamoqda.

Nyu-York, 11 sentabr 2001
Nyu-York, 11 sentabr 2001

11 sentabr kuni Obama Nyu-York shahriga borib, xotira marosimlarida ishtirok etadi. Shuningdek, Pensilvaniya va Virjiniya shtatlarida ham bo’ladi.

Terrorchilar tomonidan olib qochilgan to’rt samolyotdan ikkisi Nyu-York shahri, biri Pensilvaniya shtati, to’rtinchisi esa Virjiniyaga, Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi joylashgan inshootga tushgan. O’sha kuni Amerikada uch mingga yaqin inson halok bo’lgan.

11 sentabrdagi xurujlar ketidan xalqaro maydonda katta burilishlar ro’y berdi. Terrorga qarshi xalqaro urush e’lon qilindi. Hujumlarda ayblangan Al-Qoida umumiy dushman deb tan olindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG