Breaking News

Prezident Obama Kongressga: Kelishib ishlashga majburmiz


Barak Obama ayni damda oilasi bilan Atlantika okeani sohillarida dam olmoqda
Barak Obama ayni damda oilasi bilan Atlantika okeani sohillarida dam olmoqda

Prezident Barak Obama haftalik murojaatida, Kongress a’zolaridan u bilan kelishib ishlashni so’radi.

“Iqtisodiyotni oyoqqa turg’azish uchun qonunchilik va ijroiya organlari bir yoqadan bosh chiqarishi shart”,- deydi u, Illinoys shtati dalalaridan turib so’zlar ekan.

Prezident deydiki, Kongress u taklif qilgan loyihalarni ma’qullamayapti. Masalan yangi yo’llar, ko’prik va aerportlar qurish, yirik inshootlarni ta’minlash, shuningdek soliq tizimini isloh qilish.

“Demokrat prezidentga yo’q deb respublikachi qonunchilar o’zini kuchliroq qilib ko’rsatishga urinmoqda. Natijada xalq manfaati chetda qolib, muammolarni hal eta olmayapmiz”,- deydi Obama.

Respublikachilarning bunga javobi shuki, ular prezident bilan ishlashga tayyor, ammo Obama ham ular bilan murosa qilishi kerak.

Oradagi asosiy kelishmovchiliklardan biri bu kim qancha soliq to’lashidir.

Demokratlar byudjentdagi kamomaddan qutulish uchun boylardan ko’proq soliq olish kerak desa, respublikachilar ularni tinch qo’ying, iqtisodni ushlab turgan o’zi mana shu to’q tabaqa vaqillaridir, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG