Breaking News

AQSh A'zam Farmonovning ozod etilganidan mamnun


AQShning Toshkentdagi elchixonasi
AQShning Toshkentdagi elchixonasi

2006-yildan beri panjara ortida o'tirgan inson huquqlari faoli A'zam Farmonov 3-oktabr kuni Jasliq koloniyasidan ozod etildi. Farmonov tovlamachilikda ayblanib, qariyb 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2016-yilda ichki tartibni buzgan deya bu muddat yana besh yilga uzaytirilgan edi.

BMT rasmiy delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurgan paytda siyosiy mahbus erkinlikka chiqarilgani Prezident Shavkat Mirziyoyev va u boshliq tuzum tomonidan qo'yilgan strategik qadam deya baholanmoqda.

Prezident Mirziyoyev yaqinda BMT minbarida so'zlaganida O'zbekiston inson huquqlari e'zozlanadigan, adolatli jamiyat qurishga bel bog'lagan, deya qayd etgan edi.

AQSh Farmonovning ozod etilganini olqishlab, bu yangilik Muhammad Bekjonov, Murod Jo‘rayev, Erkin Musayev, Jamshid Karimov va boshqa vijdon tutqunlari singari qo'yib yuborilgani xush xabar, deya bayonot berdi.

G'arb rasmiylari deydiki, o'tgan bir yil ichida bir necha siyosiy mahbus qamoqdan uyiga qaytgani progress desa arzigulik voqealardir.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi kelgusida boshqa mahbuslar ham ozod etiladi va fuqarolik jamiyatiga yo'l ochilaveradi, degan umidda.

"Human Rights Watch" va Xalqaro Amnistiya kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari A’zam Farmonov asossiz qamalgan va darhol ozod etilishi kerak deya undab kelar edi. 2013-yilda BMT Qiynoqlarga qarshi komissiyasi ham Farmonovni ozod etishga chaqirgan edi.

O'zbekistonda siyosiy, ijtimoiy va inson huquqlari borasidagi islohotlar boshlangani o'ta ijobiy o'zgarish, deydi xalqaro huquqbonlar, jarayon keng ko'lamda davom etishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG