Breaking News

Ozarbayjonda hukumatni tanqid qilgan jurnalist ozodlikka chiqdi


Ozarbayjonda hukumatni tanqid qilgan jurnalist ozodlikka chiqdi
Ozarbayjonda hukumatni tanqid qilgan jurnalist ozodlikka chiqdi

Ozarbayjon hukumatini tanqid qilgan maqolalari uchun 2007-yilda sakkiz yarim yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan jurnalist Eynulla Fatullayev yaqinda ozodlikka chiqdi.

“Xalqaro tashkilotlar va AQSh hukumati meni qamoqdan chiqarish uchun kurashayotganini bilardim, lekin adolat qaror topadi deb hech ham o’ylamaganman”, - deydi to’rt yilini panjara ortida o’tkazgan muharrir.

“Real Ozarbayjon” hamda “Kundalik Ozarbayjon” gazetalari asoschisi, hukumatning eng yuqori doiralarida yulg’ichlik, korrupsiya va jinoyatlar haqida maqolalar bitgan Eynulla Fatullayevning ro’shnolikka chiqishi uzoq yillik bosim mahsulidir.

Xalqaro huquq tashkilotlari, Yevropa Kengashi a’zolari, Oq uy rasmiylari har bir uchrashuvda mavzuni ko’tardi, jurnalist kasbiy faoliyati uchun jazolanganini eslatib turdi.

Vanihoyat 26 may kuni amnistiya. Fatullayevni qattiq tartibli koloniyadan ortiqcha shov-shuvsiz, mashinada uyiga olib kelib tashlashdi.

“Bunga hali ham ishongim kelmaydi”, deydi u, “Vashington Post” gazetasi bilan suhbatda.

2005 yili rus va ozari tillarida gazeta chop eta boshlagan jurnalist davlat mulozimiga tuhmat qilganlikda ayblanib, avvaliga jarima solinadi. Bu ogohlantirish edi. 2007 yilning aprelida esa hibsga olinadi.

“Tog’li Qorabog’ mojarosi, qochqinlar taqdiri, mahalliychilik, siyosiy mavzularda yozganim uchun”, - deydi Eynulla Fatullayev.

Kelajak rejalari haqidagi savolga u, “Ozarbayjonda haqiqiy jurnalist yo qamoqxona, yoki qabristonga yo’l olishi hech gap emas. Nima qilishga ham hayronman”, deydi.

XS
SM
MD
LG