Breaking News

Jahon bo'ylab 145 jurnalist qamoqda, 6 nafari O'zbekistonda


Jahon bo'ylab 145 jurnalist qamoqda, 6 nafari O'zbekistonda
Jahon bo'ylab 145 jurnalist qamoqda, 6 nafari O'zbekistonda

Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, jahonning 28 mamlakatida 145 muxbir qamoqda saqlanmoqda.

Bu 1996-yildan beri eng yuqori ko'rsatkich. O'shanda 185 jurnalist hibsda bo'lgani qayd etiladi.

Tashkilot hisobicha, Eron va Xitoy bu borada yetakchi o'rinda. Har birining qamoqxonalarida 34 jurnalist bor.

Shu hafta Eronda 4 jurnalist qamalgan. Xitoyda esa mahbus muxbirlarning aksariyati uyg'ur va tibetlik.

Birmada 13, O'zbekistonda esa 6 jurnalist qamoqda ekani aytiladi.

O'zbekistonda o'tkir qalami uchun ozodlikdan mahrum etilganlar: Muhammad Bekjonov, Yusuf Ro'zimurodov, G'ayrat Mehliboyev, Jamshid Karimov, Solijon Abdurahmonov va Dilmirod Sayid.

Dunyo bo'ylab panjara ortidagi jurnalistlarning 69 nafari internetdagi faoliyati bilan tanilgan.

72 nafariga davlat va siyosiy tuzumga raxna solganlik aybi qo'yilgan. 34 nafariga esa rasman biror ayb qo'yilmagan.

Tashkilot saytida qamoqdagi jurnalistlarning qaysi mamlakatdan ekani, har bir jurnalist haqida alohida ma'lumot keltirilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG