Toshkentda "Amerika Ovozi" O'zbek xizmatining uzoq yillik jamoatchi muxbiri, Malik Mansur taxallusi ostida ishlagan Abdumalik Bobayev o'z reportajlari orqali tuhmat, haqorat va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlikda aybdor deb topildi.
Jurnalist mutlaqo aybsiz ekanini aytadi. Unga chegarani noqonuniy kesib o'tganlikda aybi ham qo'yilgan edi. Hukmga ko'ra, u bu borada oqlangan.
"Amerika Ovozi", dunyo bo'ylab 45 tilda efirga axborot tarqatadigan teleradio o'z muxbirini haqiqiy jurnalist deb biladi va tashkilot nazarida yuqoridagi barcha ayblovlar asossiz.
Tashkilot direktori Den Ostin aytganidek, Abdumalik Bobayev o'z kasbini sidqidildan bajargani uchun jazolanmasligi kerak. "Muxbirimiz "Amerika Ovozi" jurnalistik prinsiplariga rioya qilgan holda xabar va lavhalar uzatgan", - deydi u.