Breaking News

Xalqaro tashkilotlar O'zbekistonda yana bir jurnalist sudlanayotganini qoralab, G'arbni ogohlikka undamoqda


Malik Mansur (Abdumalik Bobayev) Toshkentda AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleykka mikrofon tutib turibdi. Ushbu rasm (o'tgan yili olingan) orqali prokuratura sudga Abdumalik Bobayev singari shaxslar chet el puli bilan O'zbekistonda qarshi tuhmat qilib
Malik Mansur (Abdumalik Bobayev) Toshkentda AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleykka mikrofon tutib turibdi. Ushbu rasm (o'tgan yili olingan) orqali prokuratura sudga Abdumalik Bobayev singari shaxslar chet el puli bilan O'zbekistonda qarshi tuhmat qilib

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo’mitasi (The Committee to Protect Journalists) O'zbekiston prezidenti Islom Karimovga ochiq xat yozib, jurnalistlarga nisbatan qo'yilayotgan adolatsiz ayblovlarni bekor qilishga chaqirmoqda. Xususan ayni kunlarda Toshkentda sudga tortilayotgan "Amerika Ovozi" jamoatchi muxbiri Abdumalik Bobayev va "Vesti" axborot sayti muharriri Vladimir Berezovkiyni.

Parijdagi Chegara Bilmas Muxbirlar (Reporters Sans Frontiers) uyushmasi ham u jinoiy ishlarni qoralab, O'zbekiston va xalqaro hamjamiyatni ogohlikka chaqirmoqda.

Bu muassasalar nazarida muxbir va muharrirga qo’yilgan ayblovlar puch. Bu hollar, deydi ular, O’zbekistonda matbuot erkinligi va jurnalist huquqlari naqadar oyoqosti qilib kelinayotganiga yana bir misol.

O’zbekiston jurnalistlar eng qattiq siquvga olinadigan jamiyatlardan biri, deydi Muzaffar Suleymanov. Hozirda uning tashkiloti hisobicha 7 jurnalist qamoqda.

Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo'mitasi nazarida O'zbekiston jurnalistlarni qamash siyosatini davom ettirmoqda
Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo'mitasi nazarida O'zbekiston jurnalistlarni qamash siyosatini davom ettirmoqda

“Bizning nazarimizda”, deydi Muzaffar Suleymanov, “bu insonlar jinoyat qilmagan, ular kasbi uchun jazolanmoqda. Abdumalik Bobayev va Vladimir Berezovskiyga qarshi ishlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston jurnalistlarni panjara ortiga tashlash siyosatidan qaytmayapti”.

Jurnalistlar himoyasi uchun aytilayotgan bu gaplardan foyda nima? Qolaversa, bu bayonotlar O’zbekiston hukumatiga yetib borishi mumkin, ammo ommaga-chi? Oddiy odamlar shahar va tuman sudlarida ketayotgan bu “tomosha”lar haqida uncha xabardor emas.

“Muammo shundaki”,- deydi Muzaffar Suleymonov, “O’zbekistonda axborot va so’z erkinligi nihoyatda cheklangan. Mustaqil matbuot o’tgan 10-15 yilida yo’q qilib bo’lindi hisob. Shu bois tashqi dunyoda yangrayotgan bayonot va chaqiriqlar oddiy xalq qulog’iga yetib borishi qiyin”.

“Bu birinchi muammo. Ikkinchi muammo esa hukumat chetdan kelgan biror iltimosnoma, xat yoki bayonotga javob bermaydi, aloqaga kirmaydi. Biz O’zbekiston hukumatiga murojaat qilganimizda, odatda bu xatlarni faks va internet orqali uning AQShdagi elchixonasi va BMTdagi vakolatxonasi hamda boshqa tegishli idoralarga ham yuboramiz. Maktublar yetib boradi, ammo biror javob yo’q”,- deydi u.

Lekin tashqi bosimning o’ziga yarasha ta’siri bo’ladi, deydi Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo’mitasi vakili. O’zbekistondagi vaziyatni o’zgartirish qiyin, lekin u yerdagi holatni ko’zdan qochirmaslik kerak. O’tgan bir yilda, deydi Muzaffar Suleymanov, huquq faoli Maksim Popov va suratkash Umida Ahmedova sudga tortildi.

Ularga qo’yilgan jinoiy ayblar davlat monitoring markazi xulosalariga asoslangan. Abdumalik Bobayev ham shu idora ko’rsatmalariga binoan nishonga olinmoqda. O’z materiallari, jurnalistik ijodi bilan jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid solganlikda ayblanmoqda. Mantiqsiz, mujmal ayblovlar, deydi u.

“Bu ishlarga diqqat qaratib, adolatsizliklarning oldini olishga urinamiz. Bu ishlar axborot vositalarida yoritilishi, jahon e’tiborida turishi kerak, aks holda jurnalistlarni imi-jimida sudlab yuborishayapti ”,- deydi Muzaffar Suleymanov.

Venada AQShning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi elchisi Yan Kelli ham jurnalistga qo'yilgan ayblovlarni asossiz va adolatsiz deb atagan.

Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti nazarida G'arb O'zbekiston bilan o'z manfaatlari yo'lida hamkorlikni ustun qo'yib, erkinlik va huquqqa ko'z yummoqda
Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti nazarida G'arb O'zbekiston bilan o'z manfaatlari yo'lida hamkorlikni ustun qo'yib, erkinlik va huquqqa ko'z yummoqda

Haqiqat shuki, O’zbekistonda hech kim hukumatni savolga tuta olmaydi. Tanqid – jinoyat deb talqin qilinadi. Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti nazarida G’arb davlatlari O’zbekiston bilan aloqalarida huquq va erkinlik masalasini chetga surib, mana shunday hollar avj olishiga hissa qo’shmoqda.

Amerika rasmiylaridan bu haqda so'rasangiz, “Respublikada erkinlik ahvoli og’ir ekani oydek ravshan, buni yaxshi bilamiz” degan javob olamiz.

Davlat departamentida region bo’yicha mas’ul Robert Bleyk esa har safar “Amerika Ovozi” bilan gaplashganida, “O’zbekistondagi holatga ko’z yumayotganimiz yo’q, yuzma-yuz uchrashuvlarda huquq katta muammo ekanini har doim eslatamiz”, deydi.

Bugungi siyosat O’zbekistonni so’kishga emas, u bilan o’zaro manfaatlar yo’lida til topishishga asoslangan, deydi u. Fuqaro huquqlarining poymol etilishi, deydi Amerika arboblari, eng avvalo o’sha jamiyat va uning boshida turganlarga zarar keltiradi. Buni hukumat tushunishi kerak, deydi ular.

Jurnalistlarni Himoya Qilish Qo’mitasi ham shunga urg’u bermoqda. Jurnalistning asosiy vazifasi xalq hayotini yoritish. Uni odamlarni qiynayotgan muammolarni ko’tarib chiqayotgani uchun jazolagandan ko’ra, o’sha muammolarga yechim qidirish kerak.

“Umid qilamizki, hukumat buni tushunadi. Jurnalistlarga, axborot vositalariga nisbatan bunday harakatlar davlat va xalq manfaatlari uchun xizmat qilmaydi. O’zbekiston obro’siga putur yetkazadi xolos”,- deydi Muzaffar Suleymanov.

Kongress a’zolari orasida Karimov rahbariyatining ashaddiy tanqidchilari, keskin siyosat yuritish kerak deb bong uradiganlar ko’p, ammo bugun qonunchilarning fikru-xayoli yaqinlashayotgan saylovlarda. Har ikki palata a’zolari qayta saylanish uchun Vashingtondan o’z shtatiga ravona bo’lgan, ular qatorida huquq va demokratiya uchun jon kuydiradigan, tashqi siyosatda unga urg’u beradigan arboblar ham.

Ayni damda AQShning Toshkentda elchisi ham yo’q. Obama ma’muriyati elchilikka yaqingacha Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha davlat kotibi muovini bo’lib ishlagan Jorj Krolni nomzod etib ko’rsatgan. U saylovlardan keyingina tasdiqlanishi mumkin.

Toshkentda missiya boshlig’i vazifasida o’tirgan Dveyn Butcher O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, Abdumalik Bobayev ishi yuzasidan tashvish bildirgan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG