Breaking News

Mustaqil matbuot Kreml propagandasini yenga oladimi?


Boltiqda yoshlarga qaratilgan rus telekanallar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

Boltiqda yoshlarga qaratilgan rus telekanallar

Kremlning propaganda mashinalari mustaqil matbuot va jurnalistikaga ishonchni pasaytirib, ularni supurib tashladi hisob. Latviyada “Meduza” degan loyiha ishga solingan. Rus tilida ishonchli ma’lumot berishni asosiy maqsad deb biladi. Yaqinda Litvada ham o’xshash proyekt yo’lga qo’yildi. Dunyoning bu qismida Rossiya bosimi kuchli, deydi jurnalistlar.

2014-yilda Qrimni bosib olib, Ukraina sharqida isyonchi kuchlarni quvvatlab kelayotgan Rossiya atrofidagi mustaqil respublikalarda o’z ta’sirini saqlab qolishga urinmoqda.

Tanqid qilgan manbalarning ovozi o’chiriladi. Mustaqil jurnalistlar vatanni tark etib bo’lsa-da, faoliyatni davom ettirmoqda. Xususan, Latviya poytaxti Rigadan turib.

“Rossiya hukumati tarqatadigan soxta xabarlarga qarshi kurashish kerak. Haqiqatni fosh etish kerak. Shu bois ham ishimiz muhim”, - deydi Galina Timchenko, “Meduza” rahbari.

PBK studiyalarida, Riga
PBK studiyalarida, Riga

Boltiqbo’yi davlatlarida hukumatlar Rossiya kanallarini to’sib qo’ydi. Lekin bu ish bermadi. Mustaqil rus axborot vositalariga eshik ochishdi. Axborot oqimi erkin.

“Moskva, Sankt-Peterburg singari yirik shaharlardan qochgan jurnalistlar va ular asos solgan tashkilotlar bugun Latviyadan turib bemalol ishlab kelmoqda. Kreml propagandasi qanchalik qora ekanini ulardan bilasiz”,- deydi Edgar Renkevich, Latviya Tashqi ishlar vaziri.

“Meduza” ning asosiy auditoriyasi internetda, ijtimoiy tarmoqlarda o’tiradigan yoshlardir. Davlat kanallarini tomosha qilmaydigan avlod.

“Bu avlod vakillari Rossiya zamonaviy va erkin jamiyat bo’lishini istaydi. Ular kelajak haqida boshqacha fikrlaydi. Hozirgi hukumat, hozirgi prezidentning davri o’tadi. Ular buni biladi. Ana undan keyingi vaziyat qiziq va muhim. Biz shuni hisobga olamiz”, - deydi Ivan Kolpakov, “Meduza” bosh muharriri.

Bu yoshlarni alday olmaysiz. Achchiq haqiqat ularga oydek ravshan.

“Muhimi, yoshlar muammolarga loqayd bo’lmasin. Yangiliklarni kuzatsin, bilsin, muammolarga chora izlasin”, - deydi Kolpakov.

Vilnyus
Vilnyus

Litva poytaxti Vilniusdan turib rus tilida hajviy shoular efirga uzatilmoqda. Mantiqsiz, mas’uliyatsiz siyosat ularda asosiy mavzu, deydi jurnalistlar.

“Amerikada shunday shoular juda kuchli. Ulardan namuna olayapmiz. Jon Oliver, Jon Styuart, Stiven Kolber”, - deydi telejurnalist Andrius Tapinas.

Axborot bugun global tarmoqlarda. Hozirgi va kelajak avlod informatsiyani u yerdan oladi. Ma’lumot qadrini yo’qotmagan.

“Rossiya siyosati va hukumatini masxara qilamiz. Bu ishni bizdan boshqa hech kim qilmayapti degan bo’lardim – rus tilida va rus ommasi uchun. Rossiyada bunga hech kim jur’at eta olmaydi. Tirik qolmaysiz. Ozgina tanqid uchun ham kallangiz ketadi”, - deydi Tapinas.

Mustaqil loyihalar qanchalik samara beradi, buni vaqt ko’rsatadi. Lekin ularni boshlagan va yuritayotgan jurnalistlar deydiki, harakatda barakat.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG