Breaking News

Tanqidchilar: Bayden ma'muriyati yetarlicha niqob va testlar buyurtirmagan


So’nggi ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, koronavirusning “omikron” shtammi oldingilaridan ancha yuqumli bo’lib, virus mutatsiyalashda davom etadi.

Xalqaro hayot – 17-yanvar, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:22 0:00

Shu munosabat bilan AQShda “N-95” niqobini taqish tavsiya etilmoqda.

“Vaksinalarning asosiy vazifasi hayotimizni saqlash, kasalxonaga tushishimizning oldini olish. Shu ma’noda vaksina a’lo darajada ish beryapti. Ba’zilar kasallikni alomatsiz yoki mo’tadil kechirmoqda, emlanganlar va hatto qo’shimcha vaksina olganlar ham virus yuqtiryapti. Bundaylarda infeksiyaga uchrash ehtimoli 20 foiz. Biroq eng muhimi – vaksina jiddiy kasallikdan himoya qilyapti”, - deydi AQSh bosh xirurgi Vivek Murti.

“Omikron” Amerika bo’ylab tez tarqalayotgan bir paytda ayrimlar Bayden ma’muriyatini aholi uchun yetarlicha niqob va testlar sotib olmaganlikda ayblamoqda.

“Omikron” tarqalishi bilan niqob va testlarga talab kuchaydi. Natijada AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda test to’plamlari yetishmasligi aniqlandi”, - deydi rasmiy.

Unga ko’ra, dekabr bilan yanvar o’rtasida koronavirusga testlar sakkiz karra ko’paydi, biroq tanqidchilar bu yetarli emas, deydi.

“Har bir to’lqindan so’ng test salohiyatimiz oqsab kelmoqda. Yetarlicha testlar buyurtirganimiz yo’q. Vaksinalarni dunyo bo’ylab taqsimlash tizimi ham yo’lga qo’yilmagan. Oldinda ish ko’p”, - deydi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining sobiq maslahatchisi Tom Bossert.

Uning aytishicha, amerikaliklar hushyor bo’lishi lozim.

“Ijtimoiy masofa qoidalariga qaytishga to’g’ri keladi, chunki kasalxonalarning intensiv terapiya bo’limlarida yotoqlar tez to’lib boryapti, ayrim shtatlarda joy qolmagan”, - deydi Bossert.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, dunyo bo’ylab bir haftada 15 million odamda COVID aniqlangan, bu oldingi haftadan 55 foiz ko’p. AQShda kuniga taxminan 800 ming odam virus yuqtiryapti.

Xitoyda Oy taqvimiga ko’ra Yangi yil tantanalari boshlanar ekan, hukumat aholiga sayohat rejalari haqida oldindan xabardor qilishni buyurmoqda.

Xitoylik ayrim mutaxassislarga ko’ra, ba’zilar da’vo qilishiga qaramay, “omikron” shtammi grippga aslo o’xshamaydi.

Xitoyda bir milliarddan oshiq aholi bo’lishiga qaramay, bir kunda taxminan 100-200 odamda virus aniqlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG