Breaking News

AQSh prezidenti va vitse-prezidenti qasamyod keltirdi


Anggota keamanan Suriah merayakan terpilihnya kembali Bashar al-Assad sebagai presiden di Damascus, 4 Juni 2014.
Anggota keamanan Suriah merayakan terpilihnya kembali Bashar al-Assad sebagai presiden di Damascus, 4 Juni 2014.
Vashington shahrida ertaga bo’ladigan inauguratsiya marosimiga tayyorgarlik qizg’in ketmoqda. Noyabrdagi saylovlarda qayta saylangan Barak Obama bugun Oq uyda tor doirada qasamyod keltirdi, ertaga bo’ladigan tadbir esa keng jamoatchilik uchun uyushtirilmoqda. Sal avval vitse-prezident Jo Bayden ham Konstitutsiyaga sadoqatini bildirib, ont ichdi.

Shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bu safargi inauguratsiyani tomosha qilish uchun kamroq odam bo’lishi aytilmoqda. Obama ilk bor g’alaba qilganida inauguratsiyaga salkam ikki million odam to’plangan edi, bu safar 800 ming atrofida bo’lishi mumkin.

Ertaga bo’ladigan marosimda prezident qo’lini ikki Injilga qo’yib qasamyod keltiradi. Birinchisi AQShning 19-asrda yashagan prezidenti Avraam Linkolnga tegishli, ikkinchisi esa fuqarolik huquqlari uchun kurashib, 1968-yilda otib ketilgan arbob Martin Lyuter Kingniki. Aytish joiz, ertaga Kingning tug’ilgan kuni bo’lib, federal bayram hisoblanadi.

Shundan so’ng Obama va rafiqasi tantanali paradni qabul qiladi. Oqshom esa Amerikaning birinchi oilasi ikki ballga tashrif buyurib, raqsga tushadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG