Breaking News

Prezidentlikdan keyingi hayot... Amerika misolida


Sobiq rahbarlari jamoat e’tiborini tortish va xayr-ehsonni jamlash talantiga ega. Barak Obama 2010-yilda Gaitidagi kuchli zilziladan keyin elni birlashtirish uchun sobiq prezidentlar Bush va Bill Klintonni yordamga chorladi.
Sobiq rahbarlari jamoat e’tiborini tortish va xayr-ehsonni jamlash talantiga ega. Barak Obama 2010-yilda Gaitidagi kuchli zilziladan keyin elni birlashtirish uchun sobiq prezidentlar Bush va Bill Klintonni yordamga chorladi.
AQShning 41-prezidenti Jorj Bush ikki oy kasalxonada yotib chiqdi. U ham xuddi boshqa prezidentlar kabi, Oq Uydan ketgach, o’z hayotiy maqsadlarini ko’rib chiqishga majbur bo’lgan.

Jorj Bush 2009-yilda Oq uyni bo’shatib, ancha paytga ko’zdan g’oyib bo’ldi.

Sobiq rahbar o’tgan yili Zambiyada birrov ko’rinish berdi. Saratonni davolovchi kasalxonani remont qilishda ko’ngillilarga ko’maklashdi. Bush ana shu zaylda omma e’tiborini og’ir masalalarga qaratmoqchi, lekin o’zi ko’pam og’izga tushmoqchi emas.

“Meni qo’yavering, yangilikda ko’rsatishmasin, mayli. Kamtarona xizmat, nazarimda, eng nodir, aziz mehnatdir”, - deydi Bush.

Sobiq prezidentlar jamoat e’tiborini tortish va xayr-ehsonni jamlash talantiga ega. Barak Obama 2010-yilda Gaitidagi kuchli zilziladan keyin elni birlashtirish uchun sobiq prezidentlar Bush va Bill Klintonni yordamga chorladi.

“Amerika xalqi nomidan har ikkingizga rahmat aytmoqchiman. Bu mushkul ishga bosh qo’shganingiz uchun tashakkur”, - deydi Obama.

Bir zamonlar davlatni boshqargan inson uchun ishsiz bir ahvolda qolish oson sinov emas, deydi tarixchi Richard Norton Smit:

“Sobiq rahbarlar oldida imkoniyatlar u qadar ham keng emas”.

Indoneziya 2004-yilda halokatli sunami bilan yuzlashgach, Bill Klinton va Jorj Bush hududni ziyorat qilgan. 2005-yilda AQSh janubini Katrina dovuli xonavayron qilganida ikki arbob xayriya boshida turdi.

Prezidentlikdan keyin ham Klinton sahnadan tushmay kelmoqda. Shimoliy Koreyada amerikalik mahbuslarni ozod qilishga ko’maklashdi. 2008-yilgi prezident poygalarida rafiqasi Xillari Klintonga dalda berdi. Global jamg’armaga asos soldi.

“Klinton fondi umumbashariy muammolarni yechishni maqsad qiladi”, - deydi Klinton.

Lekin ota Bush bu kabi oliy darajali tashabbuslardan ko’ra kichikroq qadamlarni afzal bildi, deydi Lindon Jonson kutubxonasi rahbari Mark Apdergrov:

“Nisbatan passiv hayot tarzini ma’qul ko’radi Bush. Prezidentlikdan keyingi hayotida eng muhim voqea – o’g’li Amerika rahbari etib saylangani bo’ldi, desak xato bo’lmaydi”.

Tarixchilarning aytishicha, prezidentlikdan so’nggi turmush yil-sayin o’zgarmoqda. 1958-yilgacha sobiq rahbarlarga nafaqa to’lanmagan. Ish joyi, yordamchilar, boshqa imtiyozlar qayoqda deysiz! Lekin bugun texnologiya davri.

“Yangiliklarni prezidentlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kundalik hayotimiz shu odamlar bilan bog’liq. Qarindosh-urug’dan ham ko’ra prezidentni yaxshi taniymiz. Ekrandan tushmaydi”, - deydi Norton Smit.

Ular bo’sh vaqtini o’zi istagan, ko’ngli chopgan sohaga bag’ishlash erkiga ega, deydi Mark Apdergrov, prezidentlar haqida asarlar muallifi.

“Menimcha, prezidentlikdan keyingi yillar odamning haqiqiy tabiatini chinroq namoyish etadi. Chunki rahbar hayoti ko’pincha, qaysidir ma’noda, yopiq, chegaralangan”, - deydi Apdergrov.

Masalan, sobiq liderlardan Jimmi Karter inson huquqlari va demokratiyani tarannum etadi, saylovlar monitoringi bilan shug’ullanadi. 1981-yilda xizmatni yakunlaganidan beri tinim bilmaydi.

“Ishontirib aytamanki, rafiqam ham qo’shiladi bu fikrga, Oq uydan keyin kechgan hayotim avvalgidan mazmunli, sermahsul, qiziqarli, haqiqiy sarguzashtday bo’ldi. Minnatdorman”, - deydi Karter.

Nafaqaga chiqish, haqiqatan, yashay boshlashdek gap, deydi Karter.

Prezidentlikdan keyingi hayot/US post presidency
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:57 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG