Breaking News

Turkmanistonda portlashlar, qancha odam o'lgani noma'lum


Turkmanistonda portlashlar, qancha odam o'lgani noma'lum
Turkmanistonda portlashlar, qancha odam o'lgani noma'lum

Turkmaniston poytaxti yaqinida bir necha portlash sabab odamlar evakuatsiya qilingan. Voqea kecha tushdan keyin ro'y bergan va bugun aholi uyiga qayta boshlagan.

Rasmiylarning bildirishicha, Ashgabatdan 20 kilometr uzoqdagi Abadan shahrida pirotexnika, ya’ni mushaklar ombori issiqda qizib, portlagan va o’lganlar yo’q.

Guvohlarning aytishicha esa aslida qurol-aslaha skladi portlab, yuzlab odam o’lgan bo’lishi mumkin.

Portlashlar hamon davom etayotgani ma’lum, biroq hukumat axborotni chetga chiqarmay, telefon, internet aloqa hamda suv ta’minotini uzib qo’ygan.

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov Vazirlar Mahkamasida favqulodda majlis chaqirib, vaziyatni muhokama qilgan. Rasmiy matbuot bu yig’ilish tafsilotlarini ma’lum qilmagan.

Parlament spikeri Akja Nurberdiyeva bugun Abadanga borib, jamoatchilik orasidagi vahimani bosishga uringan. Portlashdan uy-joyiga zarar yetgan odamlarga moddiy yordam beriladi va ko'rilgan talofat qoplanadi, degan spiker.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG