Breaking News

Kamerunda jangarilar hujumida 91 kishi o'ldi


Chadlik askarlar Nigeriya va Kamerun chegarasida.
Chadlik askarlar Nigeriya va Kamerun chegarasida.

Kamerunda chorshanba kuni "Boko Haram" jangari guruhining hujumida kamida 91 kishi halok bo'lgan.

Rasmiylarning aytishicha, Kamerunning Nigeriya bilan chegaradosh Fotokol shahrida jangarilar hamlasida kamerunlik olti harbiy va chadlik 12 askar halok bo'lgan.

Kamerun Mudofaa vaziri Alan Ngo so'zlariga ko'ra, jarohat olganlar qariyb 500 odam va talofatlar soni oshishi mumkin, chunki yaradorlarning hammasi ham kasalxonaga yetkazilmagan.

Chad va Kamerun Nigeriyada "Boko Haram"ga qarshi olishish uchun askar safarbar etgan. Bu jangari guruh butun mintaqa xavfsizligiga tahdid solayapti.

Fotokol shahrida hujum paytida jangarilar cherkov, masjid, qishloqlarga o't qo'ygan, mol-hol talon-taroj qilingan.

Nigeriyada 14-fevralda prezident saylovlari o'tishi kerak. Bu sana oldidan mamlakatda xurujlar tobora zo'rayib borayapti. Eslatish kerak, yanvar boshida "Boko Haram" hududdagi xalqaro harbiy bazani qamal qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG