Breaking News

Nigeriyada masjid portlatilgan, 80 dan oshiq odam o'lgan


Kano, 28-noyabr, 2014
Kano, 28-noyabr, 2014

Nigeriyada yuz bergan terror xuruji 80 dan oshiq odamni hayotdan olib ketgan. 100 ga yaqin kishi jarohatlangan. Masjidga hujum qilingan.

Voqea Kano shahrida yuz berib, juma namozi boshlanar ekan, bir necha bomba portlagan.

Butun shahar qonga belandi, deya hikoya qiladi guvohlar. "Amerika Ovozi" aniqlashicha, o'lganlar orasida yoshlar ko'p.

AQSh hukumati xurujlarni va ularni amalga oshirgan terroristlarni qoralamoqda. Nigeriya rahbariyatiga yordam taklif qilinmoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun voqea izchil tekshirilsin va aybdorlar javobgarlikka tortilsin, deydi.

Nishonga olingan masjid - Nigeriyada katta nufuzga ega taqvodor Kano amiriga aloqador joy. Amir yaqinda ommani Boko Haram jangari guruhiga qarshi kurashga undagan edi. Amirning o'zi Nigeriyada emas.

Kano shimoliy shahar bo'lib, uch milliondan ortiq aholiga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG