Breaking News

Dunyo bo'ylab terror qurbonlari soni 60 foizga oshgan


Yangi hisobotga ko'ra, o'tgan yili dunyo bo'ylab terror xurujlari qurboni bo'lganlar soni 60 foizga oshgan. Bu Yaqin Sharq va Nigeriyada zo'ravonliklarning kuchaygani bilan izohlanmoqda.

Iqtisodiyot va tinchlik instituti chiqargan ma'lumotga ko'ra, 2013-yilda 17,958 odam terrorizm qurboni bo'lgan. Bu bir yil oldingi raqamdan 7000 kishiga ko'p.

Avstraliyada joylashgan Global Terrorizm ro'yxati tashkilotiga ko'ra, o'limlarning 80 foizdan ziyodi besh mamlakat hissasiga to'g'ri keladi. Bular Iroq, Suriya, Nigeriya, Afg'oniston va Pokiston davlatlaridir.

Institutning aytishicha, zo'ravonlik sabablari turlicha, ammo qurbonliklarning aksariyati diniy fundamentalizm bilan bog'liqdir.

Hisobotda qayd etilishicha, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi terrorchilik harakatlari ortida, asosan, diniy ideologiya yotibdi. Boshqa hududlardagi zo'ravonliklar esa ko'proq siyosiy va millatchilik ruhiga ega.

To'rt guruh - "Islomiy davlat", "Boko haram", "Al-Qoida" va "Tolibon" o'limlarning 66 foizi uchun javobgar ekani aniqlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG