Breaking News

Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etadimi?


Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish-qolmasligi shu yil yozda o'tadigan referendumda hal bo'ladi. Bosh vazir Deyvid Kameron 28 mamlakatni o'z ichiga olgan ittifoq bilan kelishuvga erishdi.

Hukumat pozitsiyasi shuki, Britaniya "maxsus maqom" ostida Yevropa Ittifoqi a'zosi bo'lib qolishi darkor. Ammo ayrim vazirlar ajralib chiqish tarafdori.

"Ittifoqda islohotlar amalga oshirilganidan so'ng biz uning tarkibida qolishimiz kerak deb hisoblayman. Britaniya xalqini ham shunga ishontirishga harakat qilaman", - dedi Kameron.

Bryusselda ikki kunlik muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvga muvofiq Britaniya Yevropaning boshqa davlatlaridan ish izlab kelgan fuqarolarga yordam va imtiyozlar bermaslikka haqli. Shuningdek, yevro pul birligiga o'tmayotgani uchun jazolanmaydi.

Britaniya - Ittifoqning iqtisodiy va harbiy jihatdan eng salohiyatli davlatlaridan. Unga "maxsus maqom" ta'rifi ostida berilayotgan imtiyozlar ana shulardan iborat.

Qirollikning Yevropa Ittifoqida qolish-qolmasligi bo'yicha referendum 23-iyunga belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG