Breaking News

Kaliforniyada suv toshqinlari ro'y berishi mumkin


Kaliforniyaning Morgan Hill shahridagi suv toshqini, 21-fevral, 2017-yil
Kaliforniyaning Morgan Hill shahridagi suv toshqini, 21-fevral, 2017-yil

Kaliforniya gubernatori Jerri Braun 5 yillik qurg'oqchilikdan so'ng shtatdagi favqulodda vaziyatga yakun yasadi. Qahraton qish ortidan tog'larni to'ldirgan qorlar erib, suv havzalari va quduqlar haddan ziyod suv bilan to'lmoqda. Bu esa kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Ayrim g'arbiy hududlarda hanuz qor yog'moqda.

Rekord darajadagi qor va yomg'ir bahor va yozda suv ko'p bo'lishidan darak.

Suv mo'lligi allaqachon muammolar yaratgan. Kaliforniyaning mashhur 1-marshruti yer ko'chkisi ostida qoldi. Sayyohlar mavsumi boshlanar ekan, Yosemit milliy parkidagi daryolar o'zanidan toshishi mumkin.

"Hozir agar suvning chuqur joylariga tushib ketsangiz va omadingiz kelib biror joyni ushlab qolmasangiz, tirik chiqishingiz qiyin", - deydi park xodimlaridan biri.

Qutqaruv guruhlari mavsumga tayyorlanmoqda. Ularning ishi suvga tushib ketadigan sayyohlarni qutqarish.

"Odamlar yaqin manzarani ko'raman deb daryoga yaqin keladi va toyib ketib, suvga yiqiladi. Bir lahzada 100 metr, 200 metrgacha oqib ketishlari mumkin. Bu payt do'stlari hech narsa qila olmaydi, chunki daryo sizni oqizib ketgan bo'ladi", - deydi park xodimi.

Boshqa joylarda esa qurg'oqchilikning asoratlari hanuz barham topmagan.

"Suvsizlik salbiy oqibatlarini cho'l toshbaqalari va boshqa hayvonlardan bilish mumkin. Oltin burgutlar sonida kamayishni kuzatdik. Sahro quyonlari, hatto kaltakesaklar ham kamayib ketdi", - deydi Joshua daraxt milliy parki xodimi.

Qurg'oqchilik davrida o'nlab toshbaqalar halok bo'ldi. Joshua daraxt milliy parkida ularning 3000 tasi tirik qolgan, xolos.

Yaxshi xabar shuki, yaqin kelajakda Kaliforniyada suv mo'l-ko'l bo'lishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG