Qurg’oqchilikdan qaqshagan Kaliforniya shtatida fermerlarga kamroq suv ajratilmoqda. Los-Anjeles kabi katta shaharlarda ahvol uncha yomon emas, ammo suvdan foydalanish borasida qattiq cheklovlar joriy etilgan. Qonunbuzarlar jazolanadi. “Suv politsiyasi” safarbar etilgan.