Breaking News

Olcha gullagani Vashingtonda katta bayram


Vashingtonda har yili shu paytda, siz Navro’zi olamni nishonlayotgan kunlarda, olcha gullagani katta shodiyonaga aylanadi. Odamlar saylga chiqadi. Chamanzorni ko’raman deb mamlakatning qay burchaklaridan kelishmaydi deysiz. Amerika poytaxti yuradiga ochiladigan olchalarning esa o’ziga xos tarixi bor.

Markaziy xiyobondan tortib, ulkan yodgorliklar atrofi va ko’chalarning cheti… Manzaraga qarab, odamning ko’zi to’ymaydi.

Vashington
Vashington
Bu olchalarning ko’chatlari 100 yil oldin Yaponiyadan sovg’a sifatida kelgan. Ikki davlat orasidagi do’stlik abadiy bo’lsin, gullar uning nishonasi bo’lsin deb. 3000 ko’chatdan hozirga kelib bir necha yuz donasi qolgan xolos. Tarixni nazarda tutsak, Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiya va AQSh ashaddiy g’animlar bo’lgan.

Lekin bugungi go’zallikdan bahra olayotgan insonlar bu gullarga qarab, faqat osudalikni o’ylaydi.

Vashington va Tokio do’stmi yoki dushman, xalqlar bir-birini hurmat qiladi, deydi sayyohlardan biri.

Olchalar yapon xalqidan sovg'a
Olchalar yapon xalqidan sovg'a
O’tgan yili Yaponiyada qattiq zilzila bo’lganida, Amerika katta yordam berdi, deydi u.

Olchalar Tinch okeanining narigi tomonidan kelgani faxr bilan tilga olinadi.

Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini qorishtirgan asarlar qo’yiladi, ayniqsa raqslar hammaning e’tiborida.

Oq Uy hovlisidagi manzara
Oq Uy hovlisidagi manzara
Yapon moda ko’rgazmalari bag’oyat gavjum. Mehmonlar istasa, ularni kiyib ko’rishi, suratga tushishi mumkin.

Vashingtondagi deyarli har bir muzeyda yapon madaniyati nishonlanmoqa, deydi Liza Mari Rayder, tashkilotchilardan biri. Yosh avlod ko’p narsa o’rganayapti.

“Bolalar nafaqat ko’radi balki san’at namunalarini ushlab, ularni yaqindan o’rganadi. Ularning dunyoqarashi keng bo’lishi uchun bu muhim”,- deydi mutaxassis.

Maxsus mashg’ulotlarda kichkintoylar o’yinchoqlar yasashi mumkin. Ota-onalar va bolalar uchun mo’ljallangan programma bu. Olcha gullarini tomosha qilishning o’zi yetmaydi ularga.

Vashingtondagi manzara...

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG